Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ChEKKA HUDUDLAR HAM OBOD BO'LAYoTIR

×

 2020-11-03 17:32:10    163

PDF yuklash
Chop etish


ChEKKA HUDUDLAR HAM OBOD BO'LAYoTIR

         Prezidentimizning 2020-2021-yillarda Sux tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish to'g'risida qabul qilgan 4798-sonli qarori asosida tuman hududida keng ko'lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ayniqsa, tumanning chekka hududlarida olib borilayotgan ishlar e'tirofga loyiq.  

         Hushyor mahalla fuqarolar yig'ini raisi Mirzoamin Iftixonovning ma'lumotiga ko'ra, Hushyorda olib borilgan va olib borilayotgan tizimli ishlar tufayli aholini yillar davomida qiynab kelayotgan muammolar bartaraf etilayotir. Misol uchun, mahalladagi yaqin 80 foiz ichki yo'llarga asfalьt va beton qoplamasi yotqizildi, elektr ta'minotini yaxshilash uchun 2 dona yangi trasformator, eski sim yog'ochlar o'rniga yangi beton tayanchlar o'rnatilib, zamonaviy kechki yoritish lampalari qo'yildi, 891 metr ichimlik suv tarmog'i tortildi.

         Ayni kunda Hushyor mahallasidagi 4-sel yulini rekonstruktsiya qilish ishlari boshlangan va bu ishlar jadallik bilan davom etmoqda. Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida hushyorliklar bevosita ishtirokchi bo'lib qatnashmoqda, mahalladagi barcha aholining ko'cha devorlari zamonaviy tarzda o'ralib bir xil rangda bo'yab chiqildi. Yaqinda mahallamizning “Tagi sho'xcha” ko'chasiga yangi temir-beton tayanchlar o'rnatildi va quvonarlisi ushbu ko'chaga asfalьt qoplamasi yotqizildi. Mahalla ahli bunday e'tibor va g'amxo'rliklardan mamnun va minnatdor, - deydi mahalla raisi biz bilan so'hbatda.

                   SO'X TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI