TARIXIY SANA OLDIDAN
2020-10-29 17:24:12 177
TARIXIY SANA OLDIDAN
Purviqor tog'lar bilan o'ralgan jannatmonand go'sha – viloyatimizning eng chekka tumani – So'x Vatanimizning ming yillik tarixida o'zining alohida o'rniga ega hududlardan. Aytish lozimki, So'x istiqlol yillarida ham Respublikamiz miqyosida o'z o'rni va mavqeini mustahkamlashga erishgan tuman sifatida bugun taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo'ymoqda.
Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevning tashabbusi bilan So'x tumani tashkil topganligining 30-yilligiga bag'ishlab tuman miqyosida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirlarni ko'tarinki ro'hda o'tkazish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan bugun tuman miqyosida keng ko'lamli targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilayapti.
1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishchi guruh a'zolari bo'lgan ziyoilar, tarixchilar, o'qituvchi-murabbiylar, jurnalistlar va boshqa jamoat vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyev ham qatnashdi.
Uchrashuvda ushbu tarixiy sanani xush kayfiyat va uyushqoqlik bilan o'tkazish, tumanning 30-yilligiga bag'ishlab turli mavzularda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish, tadbirlarni keng yoritish bo'yicha amaliy ishlar olib borish lozimligi tuman hokimi tomonidan alohida ta'kidlandi. Tuman hokimi ishchi guruh vakillariga o'zining ko'rsatma va maslahatlarini berdi.
- Darhaqiqat, har bir fuqaro tug'ilgan joyi ta'rixini bilishi lozim. Tuman hokimininng tashabbusi notakror So'x ta'rixini o'rganishda katta ahamiyatga ega, - deydi ishchi guruh a'zosi, tuman Kengashi deputati Subhonali Nishonov. 1-IDUM direktori, “Turon” fanlar akademiyasi akademiki, tarixchi-olim Farhodjon Jo'rayevning so'zlariga ko'ra, tuman hokimi tomonidan tuman tarxini o'rganish uchun ishchi guruh a'zolariga avtobus ajratib berildi va ular tuman miqyosida targ'ibot-tashviqot ishlarini ham olib borishayotir.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati