Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Umumta'lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to'g'risida”gi Hukumat qarori (646-son, 12.10.2020 y.) mazmun-mohiyati va ahamiyati

×

 2020-10-26 16:36:44    303

PDF yuklash
Chop etish


Umumta'lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to'g'risida”gi Hukumat qarori

(646-son, 12.10.2020 y.) mazmun-mohiyati va ahamiyati

         Qarorga ko'ra, quyidagilar joriy etiladi:

         2020 yil 1 dekabrdan bosqichma-bosqich bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta'lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi;

         2021/2022 o'quv yili qabulidan boshlab tegishli umumta'lim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi to'g'risida davlat namunasidagi sertifikatga ega bo'lgan abituriyentga sertifikatdagi o'zlashtirish foiziga mos ravishda OTM bakalavriatiga o'qishga qabul qilish bo'yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proportsional) ball berishtartibi.

         Umumta'lim fanlari bo'yicha sertifikatlash quyidagi muddatlarda joriy etiladi:

         2020 yil 1 dekabrda ona tili va adabiyot (o'zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili vaadabiyoti) hamda matematika fanlaribo'yicha;

          2021 yil 1 fevralda kimyo va biologiya fanlari bo'yicha;

         2022-2024 yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari bo'yicha.

         Sertifikat berish uchun test savollari Xalq ta'limi vazirligi va Ta'lim sifatini  nazorat qilish inspektsiyasi tomonidan tuziladi.

         Qaror bilan Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

         Unga muvofiq, sertifikat berish Davlat test markazi tomonidan to'lov asosida amalga oshiriladi.

         Sertifikat berish uchun talabgordan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari (334 500 so'm) miqdorida to'lov undiriladi.

         Sertifikat test sinovii natijasi bo'yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to'plagan shaxslarga 3 yilmuddatga beriladi.

         Sertifikat test sinovidan ijobiy natijaga erishgan talabgorga test sinovii natijalari e'lon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida Davlat test markazi direktorining buyrug'i asosida elektron shaklda beriladi. Talabgor sertifikatni shaxsiy kabineti orqali yuklab olishimumkin.

 

                   B.Enazarov - So'x tuman adliya

                                       bo'limi boshlig'i