Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Axborot texnologiyalari sohasida ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati (PQ–4851-son, 06

×

 2020-10-26 16:20:20    972

PDF yuklash
Chop etish


“Axborot texnologiyalari sohasida ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati (PQ–4851-son, 06.10.2020 y.)

         I. Qarorning maqsadi

         Axborot texnologiyalarining o'qitilishini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, mehnat bozorining malakali IT-mutaxassislarga bo'lgan talabini  qoniqtirish.

         II. Qarorning mohiyati

         Qarorga muvofiq, respublika tuman (shahar)larida mavjud umumta'lim maktablari negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

         Shunga ko'ra, joriy yilda mazkur yo'nalishda14 ta tayanchmaktab, 2021-2023 yillarda esa respublika bo'yicha jami 205 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi belgilangan.

         2020/2021 o'quvyildan:

         maktablarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani “Bir million dasturchi” loyihasiga oid o'quvdasturlari bilan integratsiya qilinadi;

         mazkur loyiha doirasida o'quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan maktablarning 100 nafar eng yaxshi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o'qituvchilarini haryili BHMning 20 baravari miqdorida bir martalik mukofotlash tizimi joriy qilinadi.

         2021 yil 1 martga qadar ushbu fan o'qituvchilarini sertifikatlash milliy tizimi joriy qilinadi.

         2021 yil 1 sentyabrdan raqamli ko'nikmalarni egallash darajasi bo'yicha tegishli sertifikatga ega bo'lgan ixtisoslashtirilgan maktablarning ushbu fan o'qituvchilariga BHMning 50 foizi miqdorida har oylik ustama haq to'lanadi.

         2021/2022 o'quvyilidan Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiali tashkil etiladi.

         Qarorga muvofiq, OTMning tegishli ta'lim yo'nalishlari talabalari o'rtasida informatika, dasturlash va axborot texnologiyalari sohalarida o'tkaziladigan respublika va nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari bo'lgan talabalar OTMning tegishli magistraturasi yo'nalishlariga ajratilgan kvota doirasida davlat grantlari asosida imtihonsiz qabul qilinadi.

         2021/2022 o'quv yilidan ushbu yo'nalishlarda kadrlar tayyorlayotgan barcha OTM maktablarning bitiruvchi sinf o'quvchilari o'rtasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo'yicha ko'p bosqichli (tuman (shahar) – viloyat – oliy ta'lim muassasasi) o'z olimpiadasi o'tkazadi.

         Tanlovda 1-3-o'rinlarni egallagan o'quvchilar birinchi o'quv yili uchun to'lov OTMning mablag'lari hisobidan amalga oshirilgan holda imtihonsiz o'qishga qabul qilinadi.

         2021 yildan “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo'yicha xalqaro olimpiadalar g'oliblarini tayyorlagan professor-o'qituvchilar bir oylik maosh miqdorida bir martalik mukofotlanadi.

         OTMning informatika va axborot texnologiyalari bilan bog'liq ta'lim yo'nalishlari bo'yicha imtiyozli diplomga ega bitiruvchilari mazkur OTMning magistraturasiga kirish imtihonlarisiz to'lov-kontrakt asosidaqabul qilinadi.

         Maktablarning “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo'yicha o'rta-maxsus ma'lumotli va kamida 1 yil pedagogik ish stajiga ega o'qituvchilari TATUga pedagogika yo'nalishi bo'yicha masofaviy o'qitish shaklida to'lov-kontrakt asosida kirish imtihonlarisiz qabulqilinadi.

         Shuningdek, 2021 yil 1 yanvarga qadar “O'zbekistonning IT-iste'dodlari” portali ishga tushiriladi.

         Portalda, jumladan, dasturlash sohasida o'tkaziladigan olimpiadalar, tanlovlar va aktsiyalar to'g'risida ma'lumotlar joylashtirib boriladi.