“O'zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etis hchora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyati (PF–6065-son, 22.09.2020 y.)
2020-10-17 17:09:08 220
“O'zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etishchora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyati (PF–6065-son, 22.09.2020 y.)
I. Farmonning maqsadi
Mamlakatimizda axborot tizimini jadal rivojlantirish, aholiga davlat xizmatlarini ko'rsatishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, turli axborot tizimlarida va masofaviy xizmat ko'rsatishda shaxsni identifikatsiyalashning yagona mexanizmini joriy etish hisoblanadi.
I. Farmonning mohiyati va ahamiyati
Farmonga muvofiq, quyidagilar belgilandi:
Biometrik pasport o'rniga joriy etilayotgan identifikatsiya ID-kartalarini olish va almashtirish uchun fuqarolarga istalgan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'linmalariga, ularni almashtirish uchun esa davlat xizmatlari markazlariga ham murojaat qilish imkoniyati yaratiladi;
identifikatsiya ID-kartalarini olish uchun O'zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'linmasiga, almashtirish uchun esa istalgan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'linmalariga murojaat qilishi uchun imkoniyatni yaratiladi;
identifikatsiya ID-kartasining blankasida egasining millati haqidagi ma'lumotlar ko'rsatilmasdan ID-kartaning chipiga kiritiladi;
fuqaro o'z ID-kartasini olish yoki almashtirish yuzasidan o'z vaqtida murojaat qilmagan, yaroqsiz holga keltirgan va yo'qotib qo'ygan taqdirda, ma'muriy javobgarlikka tortilmaydi;
ID-karta fuqarolarga quyidagi muddatlarga beriladi:
• Yangi tug'ilgan bolaga 1 yoshgacha – ikki yil muddatga (ota-onalar, vasiylarning ixtiyoriga ko'ra)
• 1 yoshdan 16 yoshgacha – 5 yil muddatga (ota-onalar, vasiylarning ixtiyoriga ko'ra)
• 16 yoshdan – 10 yil muddatga
Fuqaro ID-karta olish uchun quyidagilarni taqdim etadi:
• ariza-anketa
• ilgari berilgan pasport yoki ID-karta
• tug'ilganlik haqidagi guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda)
• vakolatli organning qarori (ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo'yilganida)
• davlat bojii to'langanligi haqida kvitantsiya (elektron to'lov tizimlari orqali to'langanda kvitantsiya majburiy emas)
Farmonga ko'ra:
identifikatsiya ID-kartalari1 ish kunida rasmiylashtirib beriladi;
murojaat o'zgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi bo'lgan shaxslardan kelib tushganda mas'ul xodim tomonidan 15 kunda ushbu shaxslarning yashash manziliga borgan holda identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtiriladi va ko'rsatilgan xizmat uchun qo'shimcha to'lov undirilmaydi.
Fuqarolarning biometrik pasportlari hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxs va chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalarini identifikatsiya ID-kartalariga almashtirish:
Birinchi bosqichda 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrgacha ixtiyoriylik asosida 16 yoshga to'lganda hamda qonunchilikda ko'zda tutilgan boshqa sabablarga ko'ra;
Ikkinchi bosqichda 2023 yil 1 yanvardan 2030 yil 31 dekabrgacha majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Fuqarolarning biometrik pasporti 2031 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.