J A R A Yo N Sux tumanida investitsion loyihalarning amalga oshirilishi
2020-09-25 17:39:34 155
J A R A Yo N
Sux tumanida investitsion loyihalarning amalga oshirilishi
2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturining birinchi bandi - sanoat, xizmat ko'rsatish, qishloq xo'jaligi sohalarini rivojlantirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash orqali aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha tumanda tumanda 95 ta loyihani amalga oshirish hisobiga 5 000 ta yangi ish o'rinlarini yaratish rejalashtirilgan.
Darhaqiqat, agar tadbirkorlik rivojlansa, eng dolzarb muammo – ishsizlikka barham beriladi, agar aholi, ayniqsa, yoshlarimizning bandligi ta'minlanadigan bo'lsa, ularning manfaatdorligi oshadi, har bir ishchininng daromad manbai paydo bo'ladi. Daromad manbai tumrmush farovlonligi, iqtisodiyotning yuksalishiga asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.
Olimjon Domulloyev Suxning yosh va umidli tadbirkorlaridan. Ishlab chiqarish jarayonini yo'lga qo'yish maqsadida olib borayotgan harakatlari o'z samarasini bermoqda. – Biz Prezidentimiz tomonidan berilayotgan imtiyoz va e'tibordan samarali foydalanishimiz lozim. Maqsadim tumanimiz aholisi talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, Suxda qurilish mahsulotlarini ishlab qiarishdan iborat, - deydi tadbirkor.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 4798-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Olimjon Domulloyev rahbarlik qilayotgan "OQSAROY POINT" MChJ tomonidan umumiy qiymati 3,6 mlrd (shundan tadbirkorning o'z mablag'i 2,5 mlrd.so'm, va bank kredit mablag'lari 1,1 mlrd.so'm) bo'lgan "Xitoy texnologiyasi asosida pishiq g'isht va kraska ishlab chiqarishni tashkil etish" investitsion loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihani amalga oshirilishi natijasida 30 nafar yangi ish o'rinlari yaratiladi.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati