Endi bir qator litsenziyalanadigan faoliyat turlari bekor qilinmoqda. Qanday?
2020-09-23 15:48:22 149
Endi bir qator litsenziyalanadigan faoliyat turlari bekor qilinmoqda. Qanday?
2020 yil 24 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari tug'risidani PF-6044- sonli farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq 2021 yil 1 yanvardan boshlab litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim xujjatlar, shu qatorda birlashtirish va xabardor qilish tartibi joriy qilinishi yo'li bilan bekor qilinadi:
• 37 ta litsenziya va 10 ta ruxsatnoma bekor qilinadi;
• 16 ta litsenziya va ruxsatnoma birlashtirish yo'li bilan bekor qilinadi;
• 17 ta litsenziya va 14 ta ruxsatnomalar xabardor qilish tartibi joriy etilishi yo'li bilan bekor qilinadi;
Turizm faoliyatini litsenziyalashda turoperatorlar xizmatlarini sertifikatlash ixtiyoriy etib belgilanadi;
Quyidagilar bekor qilinadi:
kredit byurolari faoliyatini litsenziyalashda kamida 10 ta tijorat banki bilan kredit almashinuvini amalga oshirishga roziligini tasdiqlovchi hujjat mavjudligi talabi;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalashda ushbu faoliyat uchun litsenziyaga ega bo'lgan yuridik shaxslar tomonidan ularning xuddi shunday faoliyat bilan shug'ullanuvchi filiallari tashkil etilganda har bir filial manzilini asosiy litsenziyada ko'rsatish amaliyotini joriy qilish orqali filiallarga alohida litsenziya rasmiylashtirish amaliyoti;
yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya olishda talabgordan mahalliy davlat hokimiyati organlarining kafolat xatlarini olishni talab qilish tartibi.
Faoliyatning litsenziyalanadigan turi bilan shug'ullanadigan hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va nodavlat tashkilotlarning tegishli litsenziyani olmasdan faoliyatini amalga oshirish huquqi.
2020 yilda muddati tugaydigan barcha litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilish muddati 2021 yil 1 yanvarga qadar uzaytiriladi.
Maxsus mobilь ilovasi mavjud bo'lgan «Litsenziya» axborot tizimi joriy etiladi, uning yordamida litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari bosqichma-bosqich to'liq onlayn-rejimga o'tkaziladi.
Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish hamda vakolatli organni xabardor qilish haqidagi arizalar va ularga ilova qilingan hujjatlar elektron shaklda YaIDXP orqali qabul qilinadi.
Vakolatli organlar tomonidan quyidagi harakatlarning amalga oshirilishi taqiqlanadi:
• litsenziyalar berish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish va ularni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining elektr energiyasi, tabiiy gaz yetkazib berish, suv ta'minoti va suv chiqarish xizmatlari, qattiq maishiy chiqindilarni to'plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to'lovlar bo'yicha, shuningdek, ijro hujjatlari bo'yicha qarzdorligi mavjudligi sababli davlat xizmatlari ko'rsatishni rad etish;
• litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni davlat organlari va tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida tuziladigan o'zaro shartnomalarga almashtirish;
• litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish haqidagi arizalarni ko'rib chiqish, ushbu hujjatlarni berish, shuningdek, nazorat funktsiyalarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik sub'ektini litsenziya va ruxsat berishga doir talab va shartlarda nazarda tutilmagan haq evaziga boshqa turdagi xizmatlardan foydalanishga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olishga bevosita yoki bilvosita majburlash.
Har bir litsenziyalash, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartib-taomili uning amal qilishi natijasida erishilgan maqsadlarni, ijtimoiy-iqtisodiy, innovatsion va texnologik rivojlanishning joriy holatini, shuningdek, tadbirkorlik sub'ektlarining xarajatlarini baholagan holda kamida har besh yilda qayta ko'rib chiqiladi.
M.Qodiraliyev - So'x tuman adliya bo'limi boshlig'i