Tadbirkorlar bilan uchrashuv
2020-09-18 17:20:57 181
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
Tadbirkor – elga madadkor deb bejiz aytishmagan. Tumanimizda kundan kunga tadbirkorlik rivojlanyapti. Bunga Prezidentimiz tomonidan berilayotgan e'tibor asosiy omil bo'lib xizmat qilmoqda. Zotan, tadbirkorlik bilan shug'ullanadigan inson borki, faqat ishlash, mehnat qilish va ushbu mehnat orqali xalqqa foydasi tegishini xohlaydi. Aytish mumkinki, berilayotgan e'tibor va yaratilgan qulayliklar bilan birga soha rivojiga ba'zi muammolar monelik qilmoqda. Muammolarni yechish, kamchiliklarni bartaraf etilishida mutasaddi rahbarlar zimmasiga katta mas'uliyat yuklatilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Sux tumani Xalq qabulxonasi, tuman hokimi birinchi o'rinbosari M. Botirov hamda tuman prokurori F. Abduvaliyev bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirkorlik shtabida tuman tadbirkorlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirkorlar shtabi tumaning Malbud mahallasi – kichik iqtisodiy mintaqada joylashgani ham o'zining sabablari bor. Chunki ishlab chiqarish faoliyati bilan shug'ullanayotgan tadbirkorlarimiz ayni shu mintaqada faoliyat olib borishadi.
Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri qabulxonasi mudiri M. Jumayev ham ishtirok etdi. Uchrashuv jarayonida asosan tadbirkorlik sohasidagi mavjud muammolar va ularning yechimi to'g'risida gapirildi. Tadbir davomida 21 ta tadbirkor bilan suhbat o'tkazildi, muammolar aniqlandi va ijrosi yuzasidan qarorlar qabul qilindi. Jarayonda mas'ul tashkilotlar vakillari ishtirok etib, ularga aloqador bo'lgan muammolar joyida yechildi.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati