Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Yangi avtomashinalar o'z egalariga topshirildi

×

 2020-09-16 18:47:04    95

PDF yuklash
Chop etish


Yangi avtomashinalar o'z egalariga topshirildi

         Mo'htaram Prezidentimizning alohida e'tibori tufayli taraqqiyot va rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo'yayotgan Sux tumanida har kuni bir yangilikka guvoh bo'lasiz. 16 sentyabrь kuni ham Suxliklar qalbida alohida sana sifatida mo'hrlanadi desak, mubolag'a emas.


         Bugun ertalab tumanimiz markazida bevosita tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida mahallalar faollari, turli soha vakillari va yoshlar ishtirokida tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda tumandagi 6 ta tashkilot va muassasalarga xizmat avtomashinalari topshirildi.

         Tadbirda so'z olgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tumanda Prezidentimiz e'tibori asosida olib borilayotgan yangilanishlar, aholi turmush farovonligiga qaratilgan islohotlarning jarayoni, turli sohalarda amalga oshirilayotgan ulkan o'zgarishlar haqida gapirib, bunday e'tibor va g'amxo'rliklarga nisbatan shu aziz Vatan ravnaqi va taraqqiyotiga kamarbasta bo'lish lozimligini ta'kidladi. Tadbirda viloyatdan kelgan mehmonlar ham ishtirok etishdi.


         Tadbir davomida mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limiga “Cobalt”, tuman tibbiyot birlashmasi, tuman gazlashtirish idorasi va tuman fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashiga “Damas”, tuman obodonlashtirish idorasi va yangi tashkil etilgan “Yoshlar ishlari agentligi” tuman bo'limiga “Isuzu” rusumli avtobuslar tagntanali ravishda topshirildi.


         Yana bir muhim jihat: “Yoshlar ishlari agentligi” ning Sux tumani bo'limiga taqdim etilgan yangi “Isuzu” rusumli avtobus Qo'qon shahar hokimligi nomidan Sux tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmo'sayevga sovg'a sifatida jo'natilgan. Tuman hokimi nomidan ushbu avtoulov yangi ochilgan “Yoshlar ishlari agentligi” Sux tumani bo'limiga sohadagi ishlarni jonlantirish, yoshlarga bevosita e'tibor sifatida taqdim etildi. Sux tumani hokimligi, barcha Sux tumani aholisi va ayniqsa, Suxlik yoshlar nomidan bunday e'tibor va qadr uchun Qo'qon shahar hokimligiga yuksak ehtirom ila minnatdorchilik izhor etamiz.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati