Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Volontyorlik faoliyatini qonun bilan tartibga solish qanchalik muhim edi?

×

 2020-09-14 10:03:44    207

PDF yuklash
Chop etish


Volontyorlik faoliyatini qonun bilan tartibga solish

qanchalik muhim edi?

         Ma'lumki, har bir hukumat jamiyat hayotini har tomonlama tartibga solish, insonlar hayotini barcha jabhasini qonun bilan himoya qilish maqsadida zarur bo'lgan nizom va tartib-qoidalarni ishlab chiqadi. Maqsad, ijtimoiy ziddiyatlar kelib chiqishining oldini olish hamda fuqarolar hayotining daxlsizligini ta'minlash.

         Shunday ekan, sodir bo'layotgan har bir voqea-hodisa yoki hatti-harakat doimiy ravishda ekspertlar tomonidan tahlil qilib borilishi taqozo etiladi. Keyingi vaqtda ommaviy axborot vositalari va internetning jadal rivojlanib borishi bizga butun dunyo manzarasini har soniyada kuzatib borish imkonini oshirmoqda. Boshqa davlatlarda sodir bo'layotgan ijtimoiy-siyosiy voqealar, tabiiy va texnogen favqulodda holatlar to'g'risidagi axborotlar soniyalar ichida butun yer yuzi bo'ylab tarqalmoqda. Ushbu vaziyatlarda hukumatlarning maxsus vakolatli tashkilotlaridan tashqari ko'nggillilardan iborat turli ijtimoy guruhlarning (volontyorlik tashkilotlari) olib borayotgan hatti-harakatlari volontyorlik faoliyatining keng rivojlanib borayotganini ko'rsatadi.

         Volontyorlar ko'ngilli tarzda (yanada tushunarliroq qilib aytilsa, xolis, fidokorona, savob uchun) insonlar va jamiyat uchun manfaatli bo'lgan, faoliyatida aniq maqsadga ega bo'lgan guruhlar hisoblanadi.

         Dunyodagi boshqa mamlakatlarda volontyorlik faoliyati rivojlanib borayotganini istisno etmagan holda aytaman-ki, yurtimizda ushbu zamonaviy ijtimoiy harakat azaldan chuqur ildiz otgan. Masalan, hashar yo'llari bilan umumxalq harakatlari o'tkazilishi, atrof-muhit va tabiatni tozalash, ekologik tartibga keltirish, hashar yo'llari bilan masjid va madrasalar qurish, mahallada uy-joy qurayotgan qo'shniga ko'ngilli ravishda ommaviy yordam bilan uyini tiklab olishga ko'maklashish – bularning barchasi aynan qonunda nazarda tutilgan volontyorlik faoliyatining milliy va etnik ko'rinishi hisoblanadi. Bir necha asr avval tarixda yashab o'tgan alloma bobomizning mashhur “Dil ba Yori, dast ba kor” shiori ostida xalq orasida olib borgan ezgu ishlari ham xalqimizning qon-qonida ko'ngilli ravishda savob va xayrli ishlarga bo'lgan ichki rag'batning va samimiy tashabbusning baland bo'lganligini ko'rsatadi.

         Shundan kelib chiqib, qonundan ko'zlangan maqsad ham yurtimizda ko'ngillilar faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga solish, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining samaradorligini oshirish, mamlakatda fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, volontyorlik faoliyatini zamon talablari asosida yo'lga qo'yishni ta'minlash hamda rivojlantirishdan iborat etib belgilandi.

         Hozirgi vaqtda yer yuzida 100 ga yaqin mamlakatda yirik professional volontyorlik tashkilotlari mavjud. Ular davlatlar tomonidan har tomonlamaqo'llab-quvvatlanayotganligi bois, ko'ngillilar sektori jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim tarkibiy bo'lagiga aylanib bormoqda.

         Mamlakatimizda volontyorlar faoliyatini tartibga soluvchi aniq mexanizm mavjud bo'lmaganligi sababli, qonunchilikdagi bo'shliqni to'ldirish hamda ushbu faoliyat turi bilan bog'liq holda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan noqonuniy hatti-harakatlarning oldini olish maqsadida 2019 yil 2 dekabrda O'RQ-585-son “Volontyorlik faoliyati to'g'risida”gi Qonun qabul qilindi.

         Qonunning 3-moddasi faoliyat to'g'risidagi asosiy tushunchalarni belgilaydi:

         volontyor — volontyorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;

         volontyorlik — fuqarolar, ularning guruhlari yoki volontyorlik tashkilotlari tomonidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning manfaatlarini ko'zlab ixtiyoriy faoliyatni amalga oshirish;

         volontyorlik faoliyati — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning manfaatlarini ko'zlab bepul asosda amalga oshiriladigan, erkin xohish-irodaga ko'ra bajariladigan, ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan, jamoat uchun foydali bo'lgan ixtiyoriy faoliyat turi hisoblanadi.

         Volontyorlik faoliyatining maqsad va vazifalari:

         Volontyorlik faoliyatining maqsadlari jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman jamiyatga yordam ko'rsatish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlarda ularni tashkil etuvchilarning roziligi bilan ishtirok etish, jamiyatda fuqarolik nuqtai nazarini, o'zini o'zi tashkil etishni, ijtimoiy mas'uliyat, birdamlik, o'zaro yordam berish va rahm-shafqat tuyg'ularini shakllantirishdan iboratdir.

         Qonunga ko'ra volontyorlik faoliyatining vazifalari quyidagilardan iborat:

         fuqarolarni aholining turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan turli xil jamoat faoliyatiga jalb etish mexanizmlarini shakllantirish;

         ijtimoiy vazifalarni hal etishda jamiyatga yordam ko'rsatish;

         volontyorlik faoliyatini tashkil etishga qaratilgan fuqarolik tashabbuslarini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash;

         aholida sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini shakllantirish, vatanparvarlik tuyg'usini tarbiyalash;

         fuqarolar tomonidan ijtimoiy vazifalarni hal etish uchun o'zini o'zi namoyon etish va o'zini o'zi tashkil etish ko'nikmalarini olish.

         Qonunga muvofiq o'n sakkiz yoshga to'lgan jismoniy shaxslar volontyorlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin.

         O'n olti yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan jismoniy shaxslar volontyorlik faoliyatini, basharti bu faoliyat ularning sog'lig'iga hamda axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazmasa va o'quv jarayonini buzmasa, amalga oshirishi mumkin.

         Favqulodda vaziyatlar oqibatlarining oldini olish va ularni bartaraf etishga doir ishlarni amalga oshirish uchun faqat o'n sakkiz yoshdan katta bo'lgan volontyorlarga ijozat beriladi.

         Shuningdek, volontyorlik volontyor va volontyorlik faoliyatining tashkilotchisi o'rtasida ushbu Qonunning qoidalariga rioya etgan holda yozma shaklda tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.

         Volontyorlik faoliyatining tashkilotchisi, agar u volontyorlik faoliyati bilan oyiga 20 soatdan ko'proq band bo'lsa, volontyor bilan volontyorlik shartnomasini tuzishi shart.

         Volontyorlik shartnomasi ikki nusxada rasmiylashtiriladi, ulardan biri volontyorlik faoliyatining tashkilotchisida, ikkinchisi esa volontyorda saqlanishi lozim.

         Volontyorlik faoliyatini ilgari surish hamda amalga oshirish borasidagi xizmatlarini e'tirof etish va baholash belgisi sifatida jismoniy va yuridik shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq mukofotlanishi mumkin.

         Davlat organlari volontyorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda volontyorlik faoliyati sohasidagi xizmatlarni e'tirof etish bo'yicha turli festivallar o'tkazishi mumkin. Bu bilan jamiyatda volontyorlar hatti-harakatini olqishlash, ularning samarali mehnatini ijobiy baholash va ijtimoiy gumanitar yordam ko'rsatuvchilar safini yanada kengaytirish mumkin bo'ladi.

         2020 yil ko'plab dunyo mamlakatlari qatori yurtimizga ham sinovli keldi. Koronavirus epidemiyasi davrida ko'ngilli tarzda ko'makka oshiqqan yuzlab yoshlarning hatti-harakati aynan volontyorlik faoliyatining o'rni, maqsad va vazifalari jamiyat uchun naqadar muhim ekanligini isbotladi.

                   M.Qodiraliyev - So'x tuman adliya bo'limi boshlig'i