XAYRLI TAShABBUS
2020-09-09 18:24:32 168
XAYRLI TAShABBUS
Vatan obodligi mahalla obodligidan, eng asosiysi, ko'ngil obodligidan boshlanadi. Saribozorcha mahalla fuqarolar yig'inida shunday Vatanparvar insonlar borki, butun kuch-g'ayrat, say-harakatini ushbu muqaddas makon obodligiga bag'ishlagan. Toirjon Nurov Xalq deputatlari Sux tuman Kengashining deputati. To'raboy Ziyodulloyev ham butun umrini barkamol avlod ta'lim-tarbiyasiga bag'ishlab, bugun butun kuchini mahalla obodligiga sarflayotir. Bu kabi ishlarni Toirjon-aka mahallaga raislik qilgan kunidan boshlagan. Zotan, mahalla buyuk Vatanning ostonasidir.
Bu ikki tashabbuskor inson harakati bilan mahallada yangi qabriston bunyod etilmoqda. -"Saxovatpesha homiylarimizdan cheksiz minnatdormiz. Farzandlarimiz Rossiyadan pul jo'natishmoqda, mahalladoshlar o'zidan ortganini bu xayrli ishlarga sarflamoqda",-deydi Toirjon Nurov. -Ishlarning asosiy qismi bu yerda bajarib bo'lindi, endi qolgan qismini kuzning oxirigacha yetkazish niyatimiz bor...
Turaboy Ziyodulloyev butun umrini barkamol avlod ta'lim-tarbyaisiga bag'ishlagan ziyoilardan. Bugun esa, mahalla oboligi yo'lida astoydil bel bog'lagan. Domlaning so'zlariga ko'ra, bugun oldingi bitta mahalla – Saribozorcha mahalla fuqarolar yig'ini o'rnida endilikda ikkita mahalla mavjud. Hazrati Ali mahallasi tashkil etilganidan so'ng Saribozorchada hududni obodonlashtirish ishlari ham boshlanib ketdi. Ta'bir joyiz bo'lsa, oldin bu insonlarning bozori ham, mozori ham bir edi.
-“Haqiqatan ham, oldinlari biz bir hududda, bir mahallada yashar edik. Endilikda bir ezgu maqsad sari – mahallani obod etish yo'lida harakatdamiz. To'rt yil oldin mahalla ahli talab va istaklarini inobatga olib, tuman hokimi qarori bilan Saribozorcha hududida qabriston bunyod etish uchun 1,5 gektar yer maydoni ajratilgan. Lekin bu yillar ichida ba'zi sabablarga ko'ra, qabriston qurilishi qolib ketgan edi. Bugungi kunda Toirjon Nurovning bevosita tashabbusi bilan qabriston qurilishi boshlanib ketdi va biz hashar tariqasida bu yerda uchta bino qurdik, qabriston atrofini devor bilan ihotaladik. Bu ishlarda saxovatpesha homiylarimiz, ayniqsa, yoshlar yaqindan moddiy qo'llab-quvatlashdi. Shu kungacha qurilish ishlariga 70 million so'mdan ortiq mablag' sarflandi. Bizni qo'llab-quvvtalagan, moddiy jihatdan yordam bergan saxovatpesha insonlarga minnatdorchilik bildiraman”, - deydi Turaboy Ziyodulloyev.
-“O'zimiz yashaydigan hududni obod etish uchun insonga vazifa kerak emas, ya'ni deputat yoki mahalla raisi bo'lish shart emas. Hamma narsa insonning o'ziga, uning qalbi va vijdoniga bog'liq. Shu kungacha ancha ishlarni amalga oshirdik. Albatta, bunda xalqimizning yordami, moddiy- ma'naviy qo'llab-quvvatlashi bizga ko'mak bo'ldi. Lekin hali oldinda qilinishi lozim bo'lgan ishlarimiz juda ko'p. Men ham deputat sifatida barcha insonlarga bergan beg'araz yordami va ko'magi uchun o'zimning minnatdorchiligimni bildiraman. Birgalikda bir kuch bio'lib, ancha ishni amalga oshirsa bo'ladi”,-deya so'z ochdi Toirjon Nurov.
Qabriston bunyod etilishining birinchi kunlaridan boshlab, tashabbuskorlarga ko'shni Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'ini raisi Subhonali Nishonov ham yelkadosh bo'ldi. Darhaqiqat, birgaldik qilingan ishda baraka bo'ladi. -Qabriston qurilishini oxiriga yetkazsak, mahallamiz markazida “Otalar choyxonasi” bunyod etish niyatimiz bor - deydi Toirjon Nurov.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati