Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Suxda "Agrobank bank xizmatlari markazi" foydalanishga topshirildi

×

 2020-09-05 17:51:10    174

PDF yuklash
Chop etish


Suxda "Agrobank bank xizmatlari markazi" foydalanishga topshirildi

     Barcha sohalarda bo'lgani kabi O'zbekistonda bank sohasida ham oxirgi yillarda islohotlar amalga oshirilib, tizimdagi yangilanishlar va islohotlar samarasi o'laroq ko'pgina muvaffaqiyatlar qo'lga kiritildi. Eng avvalo, sohada aholiga xizmat ko'rsatish darajasi oshdi. “Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun xizmat qilishi kerak” degan hayotiy tamoyil amalda o'z isbotini topmoqda. Tadbirkorlik rivojida ham bankning ahamyati beqiyos.

         Xalqning og'irini yengil qilish, xususan  tadbirkorlar uchun qulayliklar yaratish bugungi kunning muhim vazifasi bӯlib qolgani hech kimga sir emas. Mo'htaram Prezidentimizning bank sohasini rivojlantirish, mijozlarning har bir talabini vaqtida ijro etish maqsadida respublikamizning turli go'shalarida yangi banklar ochilib, xalqqa qulayliklar yaratilmoqda.

         O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 avgustdagi "2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining Sux tumanini kompleks ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 4798-solni qarori 1-ilovasining 7-bandiga asosan Sux tumani Mulgon mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan savdo majmuasida "Agrobank" ATB Sux filialining "Bank xizmatlari markazi" xamda 24/7 o'ziga xizmat ko'rsatish shaxobchasi ish boshladi. Yangi ochilgan ushbu moliya muassasida 4 nafar malakali bank xodimlari aholiga xizmat ko'rsatadi.

         "Agrobank bank xizmatlari markazi" ning ochilish marosimida tuman hokimi, sektorlar rahbarlari, ichki ishlar bӯlimi boshlig'i, 4-sektor rahbari va bankning xodimlari ishtirok etishdi. Yaxshi va ezgu niyatlar bilan yangi bank filiali foydalanishga topshirildi.

         -"Mana  bugun xalqning uzog'ini yaqin qilish uchun yangi bank filiali faoliyati yo'lga qo’yildi. Endi xalqimizning har bir murojaatiga labbay deb sidqidildan mehnat qilamiz. Bu yerdagi sharoit albatta har kimni xursand qilmay qo'ymaydi",- dedilar mahalla nuroniylari.

         Ayni paytda tuman “Agrobank”-ining markaziy ofisida 29 nafar ishchi-xodimlar faoliyat olib borishmoqda. Bek ofis va front ofis tizimi orqali bankda mingdan ortiq yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko'rsatish yo'lga qo'yilgan.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati