Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 80 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Test imtihonlari topshirish jarayonlari raqamlarda

×

 2020-09-05 17:24:01    104

PDF yuklash
Chop etish


Test imtihonlari topshirish jarayonlari raqamlarda

         Barchamizga ma'lumki, joriy yilning 2 va 3-sentyabr kunlari Respublikamizda oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun test imtihonlari topshirish jarayonlari bo'lib o'tdi. Karantin cheklovlari va tartib-qoidalariga rioya etgan holda bu yili imtihon topshirish jarayonlari ochiq havoda – sport maydonlari va stadionlarda amalga oshirildi. Viloyatimizning 6 ta hududida, ayniqsa, Suxlik talaba-yoshlarni bevosita o'zimizning tumanda imtihon topshirganlari Suxlik bitiruvchilarga berilgan ajoyib imkoniyatlardan biri bo'ldi. Barcha jarayonlar qattiq nazorat va o'rnatilgan tartib asosida bo'lib o'tganligi ham imtihonlar paytida shaffoflik, adolat mezonlarini ta'minlashga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

         Sux tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bӯyicha ӯrinbosari Bobosodiq Latipovning bizga bergan ma'lumotlariga ko'ra, bu yili Sux tumanidan jami bo'lib 2973 nafar abituriyent OTM ga kirish uchun hujjat topshirgan. Shundan 2410 nafar Sux tumanida, 61 nafar Farg'ona viloyati va 83 nafar abituriyent Respublikamizning boshqa viloyatlarda test imtihonlari topshirishdi. 421 nafar abituriyent faqat amaliy imtihonlar topshiradi.

         Bevosita test imtihonlari topshirish jarayonida 2 sentyabrь kuni birinchi smenada 750 nafar abituriyentdan 715 nafar abituriyent qatnashdi. 34 nafar abituriyent imtihonga kelolmagan bo'lsa, 1 nafar ishtirokchi imtihonlarga telefon bilan kirgani bois, o'rnatilgan tartibda sinovdan chetlashtirildi. Ikkinchi smenada test topshirish jarayoniga 20 nafar abituriyent kelmagani bois, 730 nafar bitiruvchilar imtihon topshirishdi. 3 sentyabrь birinchi smenada ham 20 nafar abituriyent qatnashmadi. Ikkinchi smenada 160 nafar abituriyentdan 142 nafar imtihon topshirdi. Jarayonlarning ikkinchi kuni jami bo'lib 872 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi. Umumiy hisobda 2410 nafar abituriyentdan Sux tumanida 2318 nafari qatnashdi. Shundan 92 nafar abituriyent test imtihonlari topshirish jarayonlarida qatnashmadi.

         Ayni paytda test natijalari ma'lum bo'lgan va bu haqda abituriyentlar ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar, guruhlar va turli havolalar orqali kerakli ma'lumotlarni olishmoqda. O'rnatilgan tartibga ko'ra, 15 sentyabrgacha hududlarda amaliy imtihon topshirish jarayonlari bo'lib o'tadi. Amaliy imtihonlar bo'yicha abituriyentlarga bevosita uyali aloqa va ijtimioiy tarmoqlardagi guruhlar va kanallar orqali xabar yetkaziladi.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati