Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanamiz

×

 2020-09-02 19:22:44    94

PDF yuklash
Chop etish


Yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanamiz

         Sux tumani "Sug'diyona" sport majmo'asi. Ertalabki soat 8-00. Ayni shu belgilangan vaqtdan boshlab, butun Respublikamida bo'lgani kabi Suxlik abituriyentlar uchun ham test imtihonlari topshirish jarayonlari boshlandi. O'rnatilgan tartibda har bir abituriyent tekshiruvdan o'tkazilib, fuqarolik pasportlari va DTM ruxsatnomasi bilan, yangi tibbiy niqob, qo'lqop, ichimlik suvi va ruchkalarni olgan holda maydon uzra terilgan stollardan joy egallashdi. Test topshirish jarayonlari boshlandi. 

         Test imtihonlari topshirilishida adolat va shaffoflikni ta'minlash maqsadida imtihon bo'layotgan hududga 24 ta  ko'zatuv kameralari o'rnatilgan. Test imtihonlarini topshirish jarayonlari bevosita Sux tumanida bo'lib o'tayotgani ham Suxlik talabalarga berilgan katta imkoniyatdan nishona. Test topshirish jarayonlarini ota-onalar ham tuman madaniyat bo'limida o'rnatilgan monitorlar orqali tomosha qilishga muvaffaq bo'lishdi. Bugun ikki smenada - soat 8-00 va 16-00 da test topshirish jarayonlari bo'lib o'tdi.

         O'zbekiston Respublikasi Davlat test markazi Farg'ona viloyati bo'limi boshlig'i Shokirov Ismoilxon Ergashevichning ma'lumotiga ko'ra, bugun viloyatimizning 6 ta hududida mana shunday jarayonlar bo'lib o'tmoqda. Bevosita Suxning o'zida test imtihonlarini topshirilishi Suxlik talabalarga yaratib berilgan ajoyib imkoniyat nishonasidir.

         –“Bu imkoniyat bizlar – Suxlik talabalar uchun yaratilgan tarixiy imkoniyat desak, aslo adashmagan bo'lamiz. Bu voqea birinchi marta bo'layotgani bilan ham tarixiy hisoblanadi. Bizlarga Prezidentimiz tomonidan berilgan 500ta kvota qatorida bevosita tumanimizda imtihon topshirishimiz bizlarni faqat va faqat o'qib izlanishga, shu Vatan kelajagi uchun samarali faoliyat olib borishga undaydi”, -deydi 8-sonli maktab bitiruvchisi Asadbek Xayrulloyev.

         Davlat test markazi tomonidan test topshirish jarayonlarini kuzatish uchun biriktirilgan vakillarning bizga bergan ma'lumotiga ko'ra, bugun Sux tumanidan birinchi smenada jami bo'lib 716 nafar abituriyentlar test topshirish jarayonlarida qatnashdi. Bir nafar abituriyent ma'lum sabablarga ko'ra, imtihonlardan chetlashtirildi.

         Ikkinchi smenaga kelgan abituriyentlar soni 720 nafarni tashkil etdi. Jami bo'lib, 2 sentyabrь kuni test imtihonlarini topshirish jarayonlarida Sux tumanidan 1436 nafar abituriyentlar qatnashdi. Aytish mumkinki, barcha jarayonlar adolat mezoni, haqiqat tamoyillari va shaffoflik ro'hida o'tdi. Tuman SEOM, milliy gvardiya, IIB, XTB, Yoshlar Ittifoqi, tuman hokimligi, tuman tibbiyot boshqarmasi vakillari ham o'z vazifalarini sidqidildan ado etishdi. Bugungi jarayonlar tuman Sux TV ijodkorlari tomonidan tasvirga olindi.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati