Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Malak” bolajonlarga o'z bag'rini ochdi

×

 2020-08-29 18:24:34    169

PDF yuklash
Chop etish


“Malak” bolajonlarga o'z bag'rini ochdi

         Bugun Sarikanda mahalla fuqarolar yig'inida yana bitta nodavlat oilaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Bu o'tayotgan haftada yettinchi nodavlat oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilishidir. Taqdimot marosimida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman sektorlar rahabarlari va boshqa mutasaddiy idoralar vakillari ishtirok etishdi.

         Muassasaning ochilishida Hamidaxon Qambarovaning hissasi cheksiz. Hamidaxon-opa salkam o'ttiz yil tarbiyachi, hamda maktiabgacha ta'lim muassasasi mudirasi vazifalarida ishlab kelgan. Endi faoliyatini o'zining oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotida davom ettirmoqchi.

         Tadbirda so'z olgan tuman hokimi bunday tashabbuskor tadbirkorlarga minnatdorchilik bildirib, Prezidentimiz tomonidan berilayotgan e'tiborga “labbay” deb javob berish lozimligini ta'kidlab o'tdi. Zero barkamol avlod ta'lim-tarbiyasiga Prezidentimiz tomonidan katta e'tibor berilayotir.

         -“Shunday sharoitlarni yaratib bergan va e'tiboridan bizlarni ham bahramand qilayotgan Prezidentimizga mingdan-ming rahmat, iloyim, mustaqilligimiz abadiy bo'lsin, tumanimizdagi barcha obodonchilik ishlari bardavom bo'lsin”,-deya duoga qo'l ochishdi nuroniy otaxon Azamjon Barakayev.

         Yangi ochilgan “Malak” maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlar uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratib qo'yilgan. Bu muassasada 15 nafar bolajonlar tarbiya olishadi. Tuman hududida yana uchta shunday nodavlat oilaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochilishi ko'zda tutilgan.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati