Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Konstitutsiya - baxtimiz poydevori

×

 2020-08-29 17:47:39    434

PDF yuklash
Chop etish


Konstitutsiya - baxtimiz poydevori

         Har bir tirik jonzodning yashashdan maqsadi, har bir mavjudotning kelajakda kutib qoladigan matlabi bo'ladi. Har bir xonadoninng esa o'ziga xos yashash tarzi, urf-odatlari, o'ziga xos tartib –qoidalari, o'ziga xos orzu-umidlari bo'ladi. Har bir davlatning ham o'z o'rnida ana shunday tartib-qoidalari, ezgu umidlari va istaklar, maqsadlarini ro'yu-rost ifodalovchi yuzi - Konstitutsiyasi mavjud bo'ladi. Huddi shuningdek, bizning davlatimizning ham yuzi, maqsadlarimizning ma'naviy timsoli bu - Konstitutsiyamizdir.

         Boshqa aksariyat davlatlar Konstitutsiyalarida uchramaydigan, Konstitutsiyamizning muqaddimasida ulug' maqsadlarimiz o'zining aniq ifodasini topgan. Jumladan, uning muqaddimasida:

“O'zbekiston xalqi;

         Inson huquqlariga va davlat suvereniteti g'oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e'lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidigi yuksak mas'uliyatni anglagan holda, o'zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, demokritik idtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta'minlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko'zlab, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta'minlash maqsadida, o'zining muxtor vakillari siymosida O'zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi” degan tarixiy jumlalar belgilab qo'yilgan.

         Bu jumlalar O'zbekiston deb atalmish katta oilani tashkil qiladigan butun xalqimizning dilidagi, yuragining tub-tubidagi orzulari, umidlari, maqsadlari, yashamoqligining matlabidir. Mustaqil o'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmuni va mohiyatiga har safar nazar solar ekanmiz bunga ming karra amin bo'lamiz.

         Konstitutsiya so'zi turli davrlarda, turli ma'nolarda qo'llanilgan bo'lsa-da, bugungi kunda u oliy yuridik kuchga ega bo'lgan, amaldagi qonun va meyoriy xujjatlar poydevorini, tagzaminini tashkil etadigan, o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish qat'iy nazorat qilinadigan Asosiy qonunni anglatadi.

         Yigirma sakkiz yil – tarix uchun bir lahza, xolos. Shu qisqa davrda jonajon O'zbekistonimiz mustaqil va suveren davlat sifatida shakllanib, jahon hamjamiyatidan munosib o'rin egalladi, tom ma'noda ulkan taraqqiyot yo'lini bosib o'tdi.       

              To'la ishonch bilan aytish mumkinki, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo'lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo'lib kelmoqda. Bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo'lib xizmat qilmoqda.

             Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi. Bugungi kunda barcha jabhalarda keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o'sib bormoqda. Bularning barchasi, eng avvalo, Bosh qomusimizning hayotbaxsh kuch-qudrati natijasidir.

        Bugun Konstitutsiyamizning 28 yillik bayramini nishonlar ekanmiz, Asosiy qonunimizni yaratishda unutilmas xizmat qilgan insonlar nomini chuqur hurmat bilan tilga olamiz .

         Asosiy qonunimiz ikki marta – 1992 yil sentyabrь va noyabrь oylarida umumxalq muhokamasiga olib chiqildi. Loyihalar muhokamasida keng jamoatchilik, butun xalqimiz faol ishtirok etib, mamlakatimizning taraqqiyot yo'li, uning kelajagiga daxldor ko'plab fikr-mulohazalar va takliflar bildirgan.     Umumxalq muhokamasi yakunlariga ko'ra, Bosh qomusimiz loyihasiga 100 ga yaqin tuzatishlar kiritildi va 1992 yil 8 dekabrь kuni Oliy Kengash sessiyasida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.     

      O'tgan davrda ijro etuvchi hokimiyatni demokratlashtirish ishlari ham izchil olib borildi. Hukumatning vazifa va vakolatlar doirasi kengaytirilib, parlament oldida hisob berish darajasi va mas'uliyati kuchaytirildi. Bu Konstitutsiyaning 7-moddasida mustahkamlangan «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir» degan ulug'vor g'oyaning amaliy ifodasi, desak, har tomonlama to'g'ri bo'ladi.

     Bosh Qomusimizda insonning kundalik hayotdagi eng muhim ehtiyojlarini ta'minlovchi imkoniyatlar- yashash huquqi, shaxsiy daxlsizlik huquqi, sud jarayonida shaxsiy manfaatlarini himoya qilish huquqi, turar joy daxlsizligi huquqi , bir joydan ikkinchi joyga erkin ko'chish huquqi, fikrlash, e'tiqod va so'z erkinligi, vijdon erkinliklari qoida yo'li bilan kafolatlangan.

         Shuning uchun ham Konstitutsiyamizdan har qancha faxrlansak, har qancha g'ururlasak, uni har qancha o'rganib, targ'ib qilsak arziydi.

         Xulosa qilib aytganda, mustaqillik Konstitutsiyasi – tarixiy ahamiyati beqiyos bo'lgan xujjatdir. Uni shu vaqtga qadar davlatchiligimiz tarixidagi boshqa xujjatlarning birortasi bilan qiyoslab bo'lmaydi.

                   B.Enazarov - So'x tuman adliya bo'limi

                                              bosh maslahatchisi