Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 162 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Xayr-saxovat amallari keng quloch yoymoqda

×

 2020-08-26 18:09:21    96

PDF yuklash
Chop etish


Xayr-saxovat amallari keng quloch yoymoqda

         Viloyatimizning eng chekka va so'lim go'shasi – Sux tumanida ham istiqlolimizning 29-yillik to'yini munosib kutib olish maqsadida turli xil tadbirlar, xayriya amallari o'tkazilmoqda. Bayram munosabati bilan harbiylar tomonidan tashkil etilayotgan xayr-saxovat tadbirlari ayniqsa, e'tirofga loyiq. “Sen qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O'zbekistonim!” degan ezgu g'oyani o'zida mujassam etgan shoir ostida harbiylarimiz kam ta'minlangan, himoyaga mo'htoj oilalar holidan xabar olib, ularga moddiy va ma'naviy ko'mak ko'rsatishmoqda.

         -“Albatta, har bir tarixiy sana va tadbirlar araafsida bunday ezgu amallarni tashkil etish biz uchun an'anaga aylanib qolgan. 12494-harbiy qismi vakillari bilan birgalikda tumanimizda istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalar holidan ayni istiqlolimizning shonli to'yi arafasida xabar olib, ularga sovqa-salomlar barobarida mehr-oqibat ulashyapmiz.  Zotan, mehr-oqibat borki, inson farzandi bir-biriga yaqin, ahil va inoq bo'lib qoladi”,-  deydi tuman mudofaa ishlari bo'limi boshlig'i Tohirjon Jalilov.

         Kuni kecha Sux tuman mudofaa ishlari bo'limi va 12494-sonli harbiy qism xizmatchilari Istiqlol mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi ehtiyojmand oilalarga tashrif buyurishgan bo'lsa, bugun ular Sharqobod va Malbut mahallalariga yo'l olishdi. Bu mahalladarda istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalarga tashrif buyurib, ularni jonajon Vatanimizning 29-yillik to'yi munosabati bilan tabriklab, ularga oziq-ovqat mahsulotlarini bayram sovg'asi sifatida taqdim etishdi. Mutasaddilar so'zlariga ko'ra, bunday ezgu amallar muntazam davom etadi.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati