Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Sux tumanida “Mikrokreditbank”ning filiali ochildi

×

 2020-08-26 14:39:36    194

PDF yuklash
Chop etish


Sux tumanida “Mikrokreditbank”ning filiali ochildi

         Aytish mumkinki, bugun Sux tumanida Prezidentimiz tomonidan 2020 yil 8 avgust kuni qabul qilingan “2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 4798-sonli qaroriga asosan keng ko'lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Misol uchun, o'tgan uch kun davomida tumanda uchta nodavlat oilaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirilgan bo'lsa, bugun tumanning markazi – Istiqlol mahallasida yana bir tantanali tadbir tashkil etildi. Tuman markazida yangi “Mikrokreditbank”ning filiali taqdimoti bo'lib o'tdi.

         “Mikrokreditbank” filialinining ochilish marosimida qatnashgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tumanda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari haqida to'xtalib, amalga oshirilayotgan barcha ezgu ishlar inson manfaatiga qartilgani bilan ahamiyatli ekanligini ta'kidlab, mo'htaram Prezidentimiz e'tibori asosida Sux yanada obod va ko'rkam go'shaga aylanishini qayd etib o'tdi.

         Bank filiali rahbari Utkirjon Mamajonovning so'zlariga ko'ra, ayni paytda bu moliya muassasasida 4 nafar xodim faoliyat olib boradi. –“Kelajakda ishchi-xoimlar soni va xizmat ko'rsatish ko'lamini kengaytirishga harakat qilamiz. Ayni damda 4798-sonli qarorda ko'rsatilgan 5 ta loyihaning moliyalashtirish ishlari bizning bankimiz tomonidan amalga oshirildi. Shuningdek, “Overdraft”, iste'mol krediti, Ipoteka, avtokredit, mikroqarz berish va har xil omonat turlarini yo'lga qo'yamiz. Maqsadimiz xalqimizga xolisona xizmat qilishdan iborat”, - deydi filial rahbari.

         Shunday qilib, tumandagi banklar soni yana bittaga ko'paydi. Albatta, aholi talab va istaklarini to'laqonli qondirish, shuningdek, bank xizmatlari orqali tadbirkorlikni rivojlantirish va eng asosiysi, ishsizlikka barham berish va aholi bandligini ta'minlashda yangi ochilgan bank filiali xodimlari astoydil harakat qiladi.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati