Do'stlik g'alaba qozondi
2020-08-20 16:21:35 179
Do'stlik g'alaba qozondi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 avgustdagi “2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 4798-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Sux tumanida keng ko'lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ta'kidlash joyizki, tumanda bo'layotgan o'zgarishlardan nafaqat Suxliklar, balki tuman bilan chegaradosh bo'lgan qo'shni Qirg'iziston Respublikasi ovullarida istiqomat qilayotgan fuqarolar ham samimiy fikrlarni bildirishmoqda. Bunga bugun ikki qo'shni Respublika sportchilari ishtirokida tumanimizda tashkil etilgan sport musobaqalarida guvoh bo'ldik.
Farg'ona viloyati hokimining topshirig'iga asosan bugun tumanning bolalar va o'smirlar sport maktabida Farg'ona viloyati Sux tumani va Qirg'iziston Respublikasi Batken viloyati Qadamjoy tumani yosh sportchilari o'rtasida sportning futbol, tennis va shaxmat turlari bo'yicha “Do'stlik” kubogini qo'lga kiritish uchun musobaqlar o'tkazildi.
Qirg'iziston Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiyani Sux tumani tomonidan non va tuz bilan kutib olindi. O'zaro mehr va oqibat tuyg'ulari bilan bolangan uchrashuv ayni shu ro'hda davom etdi. Musobaqalaraning tantanali ochilish marosimida qo'shni Qirg'iziston Respublikasidan Haydarkon shahar meri Astankulov Bayish Qahramonovich, viloyat hokimi o'rinbosari J.M. Hatamov, Sux tumani hokimi S. S. Sayidmusayev va boshqa mutasaddiy rahbarlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so'z olganlar eng avvalo, o'zbek-qirg'iz do'stligi, qo'shnichilik madaniyati va iki xalqning o'zaro do'stona munosabati uzoq tarixdan sarchashma olishini ta'kidlab, bunday do'stona munosabatlar va o'zaro hamkorlik kelajakda o'zining mantiqiy davomini topishi xususida gapirdilar. –“Qo'shnichilik ming yilchilik” deyiladi o'zbek xalq maqolida. Bizning do'stligimiz va rafoqatimizga daxolat qilish va unga raxna solishga hech kimning haqqi yo'q. Sux tumaniga mo'htaram O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan berilayotgan e'tibordan butun qirg'iz xalqi ham xabardor. Bu albatta, bizning quvonchimizga ham sabab bo'lyapti. Chunki yon qo'shnimiz - Sux tumanida bo'layotgan o'zgarishlar kelajagi buyuk davlatning iqtidori va buyuk salohiyatidan nishona. Biz Sux tumani aholisiga bunday e'tiborda bo'lganliklari uchun faqat havas qilamiz”, - dedi tadbir davomida B. Astanakulov.
Tadbir davomida ikki davlat madhiyasi yangradi va sportchilarni bellashuvlar sari chorladi. Aytish mumkinki, tashkil etilgan musobaqalarda Do'stlik g'alaba qozondi. Futbol musobaqalari durrang hisob bilan yakunlangan bo'lsada, tennis bo'yicha qirg'iziston sportchilari va shaxmatda O'Zbekistonlik sporchilar g'oliblikni qo'lga kiritishdi. Musobaqa oxirida g'oliblikni qo'lga kiritgan sportchilar va eng faoll bo'lgan ishtirokchilar tashkilotchilarning faxriy yorliqlari va qimatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi. Bunday do'stlik tadbirlarini muntazam tashkil etish va o'zaro do'stona munosabatni yanada mustahkamlash bo'yicha kelishib olindi.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati