Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Murojaatlar e'tibor markazida

×

 2020-08-18 17:13:53    176

PDF yuklash
Chop etish


Murojaatlar e'tibor markazida

         Ta'kidlash lozimki, koronavirus pandemiyasi davrida, shuningdek, karantin cheklovlari joriy etilgan bir pallada Sux tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tomonidan aholi murojaatlarini o'rganish va hal etish bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Tuman mahallalariga tashrif buyurib, bevosita har bir murojaatchi bilan uchrashib, muammo va kamchiliklarini joyida hal etish bo'yicha olib borilayotgan ishlar aholining haqli ravishdagi roziligiga sabab bo'lmoqda.

         Tan olish kerak, aholi tomonidan tushayotgan murojaatlarning aksariyat qismini moddiy yordam masalalari va oilaviy sharoitlar tashkil etadi. Chunki Suxlik yoshlar har yili ishlash uchun yaqin xorijdagi davlatlarga, ayniqsa, Rossiya Federatsiyasiga borib kelishardi. Bu yili buning imkoni bo'lmadi. Prezidentimizning e'tibori tufayli “temir daftar” tartibi orqali kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalarni moddiy qo'llab-quvvatlashga qaratilgan sa'y-harakatlar ham qisman bo'lsada, mavjud muammolarni yechilishiga omil bo'layotir. Lekin, yechimini kutayotgan muammolar hali talaygina. Ularni bartaraf etish rahbarlardan katta mas'uliyat talab etadi.

         Sarikanda mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi fuqarolar Dilorom Nozirova va Hikoyatxon Sifatovalardan ham oilaviy sharoitlari og'irligi bois, moddiy yordam ko'rsatish haqida murojaat kelib tushgan. Tuman hokimi S. Sayidmusayev bevosita mahallaga tashrif buyurib, fuqarolar bilan uchrashdi va haqiqiy holat bilan tanishdi. –“Bizga tushgan murojaatning birontasi e'tiborsiz qolmaydi. Chunki fuqaro sharoit tangligidan, ishsizlikdan, imkoniyati cheklanganidan murojaat qiladi. Imkoniyat topib, har bir fuqaroning murojaatini ijobiy hal etish bizning vazifamiz”, - dedi tuman hokimi uchrashuv chog'ida. Shunigngdek, ushbu mahallada yashovchi Dilbar Hamromurodovaning murojaati ham tuman hokimi ko'magida joyida hal etib berildi.

         Sarikanda mahalla fuqarolar yig'ini raisi Bahodur Safoyevning so'zlarigako'ra, mahalla ahlining muammolarini hal etilishida tuman hokimi har doim amaliy yordam beradi va bu albatta, xalq manfaati har narsadan ustun ekanligidan dalolat beradi. –“Men mahalla ahli nomidan berilayotgan e'tibor va amaliy ko'mak uchun tuman hokimiga samimiy minnatdorchilik bildiraman”,- deydi mahalla raisi. Aytish mumkinki, aholini qiynyotgan muammo va kamchiliklar asosli ravishda o'rganilib, bosqichma bosqich o'z yechimini topayotgani fuqarolarning har bir murojaati rahbarlarning doimiy e'tiborida ekanligidan dalolatdir.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati