Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Sux tumanida aqliy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uchun davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti quriladi

×

 2020-08-15 18:19:38    159

PDF yuklash
Chop etish


Sux tumanida aqliy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uchun davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti quriladi

         Avval xabar berganimizdek, tumanimizda kecha ikkita–Sarikanda va Guliston mahalla fuqarolar yig'ini hududida nodavlat oilaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti bunyod etilib, foydalanishga topshirildi. Bu albatta, Prezidentimiz tomonidan barkamol avlod ta'lim-tarbiyasiga berilgan o'lkan imkoniyatlardan sanaladi. Endilikda tumanimizda faoliyat olib borayotgan nodavlat oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlarning soni yana ikkitaga ko'paydi. Yangi ochilgan “Baxtli bolajon” va “Zulfira” maktabgacha ta'lim muassasalarida 25 tadan, 50 nafar bolajonlar tarbiya olishadi.       

         Sux tuman MTTdan bizga taqdim etilgan ma'lumotga ko'ra, Sux tumanida bugungi kunda 23 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hamda 6 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti  faoliyat yuritib kelmoqda. Ta'kidlaganimizdek, endi oilaviy muassasalar soni ikkitaga ko'payib, 8 taga yetdi.

         “Tumanda jami maktabgacha ta'lim yoshidagi tarbiyalanuvchilar soni (3-7 yoshli) 7031 nafarni tashkil etgan bo'lib, bugungi kunda 2370 nafar (33,7%)  davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga, 130 nafar (1,8%)  oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga qamrab olingan”- deyiladi bizga taqdim etilgan ma'lumotda.

         2020 yilning 3-choragida 10 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti, 3 ta qisqa muddatli guruh, 7 ta bir yillik bepul majburiy ta'lim guruhlar hamda mavjud guruhlarni to'ldirish natijasida  qo'shimcha 1090 nafar  nafar maktabgacha ta'lim yoshidagi tarbiyalanuvchilarni ta'lim tashkilotlariga  qamrab olish hamda va 88 ta yangi ish o'rni yaratilishi rejalashtirilgan.

         2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturining 3-bandiga asosan tumanda 180 o'ringa mo'ljallangan qo'shma tipdagi (4 ta guruh umumiy tipdagi (120 o'rin) va 4 ta guruh aqliy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uchun (60 o'rin) mo'ljallangan) davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti, 10 ta oilaviy shakldagi maktabgacha ta'lim tashkilotini tashkil etish, 11 ta maktabgacha ta'lim tashkilotining bo'sh turgan xonalarini ta'mirlash orqali qo'shimcha guruhlar ochib, tumanda maktabgacha ta'lim tizimiga joriy yil yakunlariga ko'ra bolalarni qamrab olish ko'rsatkichini 37,4 foizdan 53 foizga yetkazish, joriy yilda “Sharqobod” mahalla fuqarolar yig'inidagi 14-son maktabgacha ta'lim tashkilotini rekonstruktsiya qilish, 2021 yilda “Qaqir” mahalla fuqarolar yig'ini hududida yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotini qurib foydalanishga topshirilishi ko'zda tutilgan.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati