Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Ko'rsatilgan beg'araz yordam Sherzodbekka yangi hayot bag'ishladi

×

 2020-08-08 17:51:31    210

PDF yuklash
Chop etish


Ko'rsatilgan beg'araz yordam Sherzodbekka yangi hayot bag'ishladi

         2020 yil 6 avgust kuni Farg'ona viloyati Bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi Sh. B. Qo'chqorov nomidan Sux tumani hokimi S. S. Sayidmusayevga minnatdorchilik maktubi kelib tushgan. Unda jumladan, shunday yozilgan: “Farg'ona viloyati ko'p tarmoqli tibbiyot markazi Sizga Sux tumani Yangiariq qishlog'i, Toshqura ko'chasi 38-uyda yashovchi 2007 yilda “Tug'ma yurak nuqsoni” tashxisi bilan tug'ilgan va dispanser nazoratida turgan bemor bola Mullohasanov Sherzodbekning operativ davolanishida va salomatligini tiklashda ko'rsatgan beg'araz yordamingiz uchun minnatdorchilik bildiradi...”

         Ma'lumot o'rnida: Mullohasanov Sherzodbek Shuhratjonovich 25 iyulь 2007 yili tug'ilgan. Faqatgina jarrohlik amaliyoti Sherzodbekni normal hayotga qaytarishi mumkin edi. Lekin jarrohlik amaliyoti o'tkazilishi uchun ko'p miqdordagi mablag' lozim edi. Viloyat hokimi Sh. M. G'aniyev va bevosita Sux tumani hokimi S. S. Sayidmusayevlarning ko'rsatgan beg'araz yordamlari tufayli Sherzodbek operatsiya qilindi va ayni damda Farg'ona viloyat Bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazida davolanmoqda. Operatsiya uchun zarur bo'lgan salkam 55 million so'm mablag' viloyat (40 million so'm) va tuman hokimligi (11 million 400 mingg so'm) tomonidan o'tkazib berildi. Mutaxassislarning ma'lumotiga ko'ra, Mullohasanov Sherzodbek Farg'ona viloyat Bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi kardioxirurgiya bo'limida 2020 yil 3 avgust kuni “yurak tug'ma nuqsoni qorinchalar aro devor defekti bilan sun'iy qon aylanish sharoitida qorinchalar aro devor defektining plastikasi” bo'yicha jarrohlik amaliyoti o'tkazildi. Ayni damda bemorning ahvoli yaxshi.

         “...Sizning beg'araz yordamingiz Mullohasanovlar oilasiga cheksiz shodlik va quvonch keltirdi. Shuningdek, bemor bola Sh. Mullohasanovning kelajakda jamiyatimizning to'laqonli faol fuqarosi bo'lib yetishishga katta hissa qo'shdingiz”, - deyiladi minnatdorchilik maktubi oxirida.

         Darhaqiqat, vaqtida yetkazilgan beg'araz yordam va ko'rsatilgan cheksiz e'tibor bir nafar Sux farzandiga yangi hayot bag'ishladi. Sux tumani aholisi nomidan Sherzodbekni normal hayotga qaytarishi uchun ko'rsatilgan beg'araz yordamlari uchun viloyat hokimi Sh. M. G'aniyevga va Farg'ona viloyati Bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazining barcha shifkorlariga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz. Xalqimiz salomatligi yo'lida amalga oshirilayotgan fidokorligingiz tahsinga loyiq.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati