Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Kam ta'minlangan oilalarga muruvvat yordami

×

 2020-08-08 16:59:20    73

PDF yuklash
Chop etish


Kam ta'minlangan oilalarga muruvvat yordami

         Koronavirus pandemiyasi davrida aholining kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga mo'htoj qatlamini har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha Prezidentimizning bevosita ko'rsatmalari asosida Respublikamizning barcha hududlarida bo'lgani kabi, Sux tumanida ham arzirli ishlar amalga oshirilmoqda. “Saxovat va ko'mak” umumxalq harakati doirasida, shuningdek, saxovatpesha tadbirkorlar, saxiy insonlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ayniqsa, e'tirof etishga arzigulik.

         -“Viloyatimiz hokimi Shuhrat Madaminovich G'aniyevning tumanimizga yuborilgan muruvvat yordaami - oziq ovqat mahsulotlari to'plami Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'iniga ham yetib keldi. Ushbu olti xil oziq-ovqat mahsulotlarini shaffoflik va adolat yuzasidan tarqatib berish maqsadida men o'zim tuman Kengashi deputati sifatida, mahalla fuqarolar yig'ini raisi  o'rinbosari Parviz Enazarov, S.Toshev, mahalla imom-xatibi S.Tojiboyev va mahalla oqsoqoli A. Hakimovlar ishtirokida mahallamizda yangi qurib foydalanishga topshirilgan teatr binosida ehtiyojmand  va kambag'al qatlamdagi aholi vakillariga tarqatib berdik”, -deydi mahalla raisi Subhonali Nishonov.

         Albatta, hududda ehtiyojmand oilalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha adolat hukmronlik qilsa, mish-mishlarga aslo asos va joy qolmaydi. Kam ta'minlangan oilalar “Saxovat va ko'mak” doirasida berilgan  muruvvat yordamini  olib shukronalik bildirib, duoi fotihalar qilishdi.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati