Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmonining mazmun-mohiyati va ahamiyati

×

 2020-08-07 10:50:41    203

PDF yuklash
Chop etish


“Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmonining mazmun-mohiyati va ahamiyati

I. Farmonning maqsadi

Fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yuksaltirish, ishlarni sudda ko'rish sifatini oshirish hamda xolis, adolatli va qonuniy sud qarorlarini qabul qilish uchun taraflarning tengligi va tortishuvchanligini amalda ta'minlash mexanizmlarini kengaytirish

II. Farmonning mohiyati va ahamiyati

2021 yil 1 yanvardan:

ishlarni nazorat tartibida ko'rish instituti tugatiladi;

jinoyat ishlarini sudda ko'rish uchun tayinlashda qarorlarni tortishuv tamoyili asosida taraflar ishtirokida qabul qilish tartibi belgilanadi, dastlabki eshituv bosqichi kiritiladi.

2021 yil 1 yanvardan quyidagi tartiblar joriy qilinadi:

tumanlararo, tuman (shahar) sudining qarorini viloyat va unga tenglashtirilgan sud tomonidan, viloyat va unga tenglashtirilgan sudning birinchi instantsiya sudi sifatida chiqargan qarorini Oliy sudning sudlov hay'ati tomonidan apellyatsiya tartibida qayta ko'rib chiqish;

apellyatsiya tartibida ko'rilgan sud qarorini Oliy sudning sudlov hay'ati tomonidan kassatsiya tartibida qayta ko'rib chiqish;

Oliy sud sudlov hay'atlari tomonidan kassatsiya tartibida ko'rib chiqilgan ishlar bo'yicha chiqarilgan sud qarorlarini Oliy sud raisi, Bosh prokuror va ular o'rinbosarlari protestiga ko'ra kassatsiya tartibida takroran ko'rib chiqish.

Shuningdek, 2021 yil 1 yanvardan:

Davlat ayblovchisi ayblovdan voz kechgan taqdirda reabilitatsiya asoslariga ko'ra jinoyat ishi tugatiladi.

Prokuror tomonidan sudning qonuniy kuchga kirgan hujjatlari bo'yicha ishlar taraflar murojaati mavjud bo'lgandagina suddan chaqirib olib o'rganiladi.

Oliy sud tuzilmasida investitsiyaviy nizolarni hamda raqobatga oid ishlarni ko'rish bo'yicha sudlov tarkibi tuziladi.

Sudlov tarkibi 20 mln AQSh dollaridan ortiq miqdorda investitsiyani amalga oshirgan investorlar va davlat organlari o'rtasidagi nizolarni hamda raqobatga oid ishlarni ko'radi.

Qolgan turdagi investitsiyaviy nizolar investorlarning xohishiga ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudi tomonidan birinchi instantsiya sudi sifatida ko'riladi.

Oliy sud tuzilmasida quyidagilar tashkil qilinadi:

•        Oliy sud apparati rahbari lavozimi;

•        Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish boshqarmasi;

•        Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik boshqarmasi.

Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tuzilmasida matbuot xizmatlari tashkil etiladi.

Sud tizimida 2021 yil 1 yanvardan boshlab qator tashkiliy-tuzilmaviy o'zgarishlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi kiritiladi.

Loyihaga ko'ra, jumladan:

viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari bo'yicha, jinoyat ishlari bo'yicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiktsiya sudlari tashkil etiladi (ma'muriy sudlar saqlab qolinadi);

Ma'muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni ko'rishni jinoyat ishlari bo'yicha sudlarga o'tkaziladi;

Tuman (shahar) ma'muriy sudlarini tugatiladi;

Ma'muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko'ruvchi tumanlararo ma'muriy sudlar tashkil etiladi;

Sudьyalar oliy malaka hay'atining hamda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar sudьyalari malaka hay'atlarining qarorlari ustidan Sudьyalar oliy kengashiga shikoyat qilish huquqi beriladi.

2020 yil 1 noyabrga qadar yangi tahrirdagi “Sudlar to'g'risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.