Poraxo'rlik, tovlamachilik, firibgarlik, talon-taroj qilish va qalbakilashtirish
2020-08-07 10:41:04 220
Poraxo'rlik, tovlamachilik, firibgarlik, talon-taroj qilish va qalbakilashtirish
PORA OLISh - mansabdor shaxsning o'z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo'lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko'zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o'zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, MODDIY QIMMATLIKLAR OLISh YoXUD MULKIY MANFAATDOR BO'LISh
Ushbu qilmish:
• BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima
• 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash
• 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Takroran, ko'p miqdorda, tamagirlik yo'li bilan yoki bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilsa
• 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
Juda ko'p miqdorda yoki uyushgan guruh manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa,
• 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
TOVLAMAChILIK – jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo'rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo'lgan ma'lumotlarni oshkor qilish bilan qo'rqitib
• mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni
• mulkiy manfaatlar berishni
• mulkiy yo'sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish
• jabrlanuvchini o'z mulki yoki mulkka bo'lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solish
Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs:
• 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash
• 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi
Tovlamachilik og'irlashtiruvchi holatlarda sodir etilganda
• 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi
FIRIBGARLIK – bu o'zganing mulkini yoki mulkga bo'lgan huquqini aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo'li bilan qo'lga kiritish
Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs:
• BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima;
• 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
• 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
• 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Shuningdek, firibgarlikning takroriyligi, sodir etgan shaxslar, sodir etish vositasidan kelib chiqib javobgarlik chorasi og'irlashishi mumkin
Firibgarlik kompьyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan bo'lsa:
• BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima;
• 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
• 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
• 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
BOSQINChILIK – o'zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sog'liq uchun xavfli bo'lgan zo'rlik ishlatish yoxud shunday zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish
Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs
• 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bosqinchilik og'irlashtiruvchi holatlarda sodir etilganda
• 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
QALBAKILAShTIRISh
Soxtalashtiruvchining o'zi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar TAYYoRLAShI yoki rasmiy hujjatlarni QALBAKILAShTIRIShI yoxud bunday hujjatlarni SOTIShI jinoyat deb topiladi
Ushbu qilmish
BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima
360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch
3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, UNDAN FOYDALANISh
• BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima
• 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari
• 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari
• 2 yilgacha ozodlikni cheklash
• 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.