Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Barcha kuch va vositalar infektsiya tarqalishining oldini olishga yo'naltirilgan

×

 2020-08-02 14:25:08    75

PDF yuklash
Chop etish


Barcha kuch va vositalar infektsiya tarqalishining oldini olishga yo'naltirilgan

         2 avgust. Yakshanba. Qurbon hayitining ikkinchi kuni. Ko'chalar sokin. Faqat tez tibiy yordam xizmati mashinalari harakatini ko'ramiz. Har doimgidek, tuman hokimligida tashkil etilgan shtab a'zolari, blok-postlarda faoliyat olib borayotgan ichki ishlar, prokuratura, milliy gvardiya, SEOM, tuman madaniyat bo'limi xodimlari, Yoshlar Ittifoqi negizida tashkil etilgan “Ko'ngilli yoshlar” otryadi, mahalla posbonlari va jamoatchilik asosida ishga jalb etilgan fuqarolar hamkorlikda ish olib borishmoqda.        

         Tuman hokimligida tashkil etilgan koronavirus tezkor shtabida ertalabdan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida belgilangan chora-tadbirlar yuzasidan ish taqsimoti qilindi. Tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, sog'liqni saqlash bo'limi xodimlari bilan tumandagi holat tahlil qilindi. Tezkor shab raisi o'rinbosari Bobosodiq Latipovning ma'lumotiga ko'ra, bugun tumanimizda 26 nafar bemorlikka gumon qilingan fuqarolar Hushyor yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. 714 nafar fuqarolarni uy karantiniga olinganligi ma'lum bo'ldi. Tumandagi 5 ta hudududdagi QOP rahbarlariga karantindagi fuqarolar ro'yixatlari berilib, umumiy va patronaj shifokorlari tomonidan qattiq nazoratga olindi.

         Tuman markaziy shifoxonasi va yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 10 nafar mutaxassislarni safarbar etish bo'yicha viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i va dezinfektsiya ishlari uchun zarur bo'ladigan vositalarni Sux tumaniga olib kelinishi bo'yicha viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi boshlig'i nomiga tuman hokimi nomidan xat yuborildi. 

         Tumanimizda koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olish bo'yicha keng ko'lamli targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Birgina tuman madaniyat bo'limi tomonidan ovoz kuchaytirgich apparatlari orqali tumanning 43 ta hududida bunday targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish yo'lga qo'yilgan. Ogoh bo'ling, o'zingiz va atrofdagilar salomatligini  asrang! Uyda qoling va karantin cheklovlariga qat'iy rioya eting, hurmatli Sux ahli!

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati