Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 78 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Odam savdosidan ogoh bo'ling, qullikka tushib qolmang!

×

 2020-07-29 19:14:28    319

PDF yuklash
Chop etish


Odam savdosidan ogoh bo'ling, qullikka tushib qolmang!

30 iyul – Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni

         Odam savdosi – o'z nomi bilan qullikni ifoda qiladigan mudhish jinoyatlar sirasiga kiradi. Eng yomoni, so'nggi yillarda bu jinoyatdan jabrlanganlar ko'paydi.

         O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 iyuldagi PF-5775-son  Farmoniga asosan odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimi yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'rsida farmon qabul qilindi.

         Farmonda asosan Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash sohasida, mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy imijini olg'a surishda davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishning ta'sirchan tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi bo'yicha belgilangan vazifalarga muvofiq:

         Odam savdosiga qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tashkil qilindi

         Fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kafolatli himoyalash hamda xalqaro maydonda davlatimiz imijini oshirish maqsadida fuqarolik jamiyati vakillari va mazkur sohadagi xorijiy nohukumat tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikni ta'minlash bo'yicha ish olib borilmoqda.

         Insonning nechog'lik qadri baland va ulug' mavjudot ekanligi ma'lum. U tabiat boyliklaridan lazzatlanishi, sog'-salomat, kuchli va aqlli bo'lishi uchun, o'zini-o'zi asrab avaylashi, himoya qilishi hamda shaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishi lozim. Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish sharoitida xavfsizligimizga hamda ijtimoiy-ma'naviy barqarorligimizga rahna soluvchi illatlardan biri bo'lgan odam savdosi – bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylandi. Zero, Yurtboshimiz I.Karimov ta'kidlaganlaridek, "Bizning siyosiy va iqtisodiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iborat. Aynan shuning uchun ham ma'naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta'lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg'onish g'oyasini ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo'lib qoladi".

         O'zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida, "Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og'ir jinoyatdir", - deb e'tirof etilgan. Bugungi kunda odam savdosi bilan bog'liq jinoyatlar jahon hamjamiyatida jiddiy tashvish va xavotirlarni keltirmoqda. Eng achinarlisi, bu jinoyatni sodir etuvchilarning ham, bundan jabr ko'ruvchilarning ham muddaolari mushtarak. Ya'ni, yengil yo'l bilan daromad topish istagida jinoyat sodir etish – ikki toifadagi odamlarni ham halokat domiga tortmoqda.

                   B.Enazarov - So'x tuman adliya bo'limi

                                      bosh maslahatchisi