Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Har bir yoshga bir gektar” loyihasining ijrosi amalda!

×

 2020-07-29 18:49:49    223

PDF yuklash
Chop etish


“Har bir yoshga bir gektar” loyihasining ijrosi amalda!

         O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2018 yil 12-13 iyunь kunlari Farg'ona viloyatiga tashrifi yakunlari bo'yicha berilgan topshiriqlari hamda 2018 yil 19 iyundagi 10372-xx-sonli majlis bayoni 114.2-bandining “Har bir yoshga bir gektar”loyihasi bo'yicha ishsiz yurgan yoshlar bandligini ta'minlash maqsadida hududdagi har bir fermer xujaligiga 1 nafar yoshni biriktirib, unga g'alladan bushagan yerlarni berish va takroriy ekin ekishiga ko'maklashish topshirig'i berilgan.

         Ushbu topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Sux tumani hokimining 24. 07. 2020 yil “So'x tumanida 2020 yilda g'alladan bo'shagan yer maydonlarini takroriy ekinlar ekish uchun ishsiz yoshlarga vaqtincha biriktirib berish to'g'risida”gi № 101 - F sonli  farmoyishi ham qabul qilingan. Bugun tuman sektor rahbarlari boshchiligida, O'zbekiston yoshlar ittifoqi So'x tumani Kengashi,  aholi bandlikga ko'mamlashish markazi hamda tuman qishloq xo'jaligi bo'limi hamkorligida  2 sektor hududida joylashgan  “So'x” shirkat xujaligi hisobida bo'lgan yer maydonlari Istiqlol, Navobod, Rovon, Oftobru mahalla fuqarolar yig'inlarida istiqomat qiluvchi  30 nafar ishsiz yoshlarga 10-15 sotixdan jami 4 gektar serhosil va unumdor yer maydonlari  ajaratib berildi.

-“Tumanning faqat 2-sektori xududidan bugungi kunga qadar jami 46 nafar yoshlarga yer ajratib berildi va ularga amaliy yordam ko'rsatilib kelinmoqda”,-deydi tuman prokurori, ikkinchi sektor rahbari F. Abduvaliyev.

         -“Men ijtimoiy tarmoqlar hamda televideniye orqali yoshlarga berilayotgan e'tibordan doimiy xabardor bo'lib turaman. Misol uchun, viloyatimiz hokimi Sho'hrat Madaminovich G'aniyev viloyatimizning shahar-tumanlarida bo'lib, yoshlarga bevosita o'zlari g'alladan bo'shagan yerlarni tarqatib, maslahatlar ham berishmoqda. Bundan albatta, minnatdor bo'lish kerak. Mana bugun Sux tumani yoshlari bandligini ta'minlash maqsadida shirkat xo'jaligi hududiga tumanimiz hokimi Sayidbahrom Sayidmuseav boshqa sektorlar rahbarlari bilan kelib, bizga yer taqsimlab berishmoqda. Bunday e'tiborga nisbatan biz yoshlar ham sidqidildan mehnat qilib, o'zimiz va xalqimiz dasturxonini sifatli qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan to'ldirishimiz kerak”,-deyishdi bir ovozdan bugun yerga egalik qilgan yoshlardan Dilshod Bobosaidov va Ayosiddin Ayosovlar.

         Tuman hokimi S. Sayidmusayev bevosita yoshlar bilan uchrashib, eng avvalo yerdan samarali va unumlii foydalanish lozimligini ta'kidlab, ajratib berilgan ekin maydonlariga asosan sabzavot ekinlari ekishni tavsiya etdi. Tuman hokimi tavsiyasi bilan Suxlik yoshlar sabzi, sholg'om, turb ekishadigan bo'lishdi.

         O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Sux tumani Kengash raisi Isojon Mastonovning ma'lumotiga ko'ra, 1-sektor tarkibiga kiruvchi Tul va Sohibkor mahalla fuqarolar yig'inlari hududidan 2019-2020 o'quv yilida So'x agrosanoat kasb-hunar kollejining 50 nafar bitiruvchilariga  “Ozod”  shirkat xujaligidan ijara shartnomasi asosida 50 sotixdan 1 gektargacha yer ajratib berildi. Bugungi xolatga jami 96 nafar yoshlarimizni yer berish orqali bandligi ta'minlanishiga erishildi.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati