Mahalla yig'ini binosi – mahalla ko'rki
2020-07-25 12:15:01 230
Mahalla yig'ini binosi – mahalla ko'rki
Bugun yurtimizda Vatan ichra kichik Vatan – mahallani obod etish, uning jamiyatdagi o'rni va mavqeini yuksalishiga qaratilgan ahamiyat davlat siyosati darajasida ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Zotan, mahalla yurt yuzi va mamlakatning tashrif qog'ozidir. Zero, Vatan kichkinagina yashayotgan manzilimizdan, mahalladan boshlanadi.
Mahalla obodligi Vatan obodligi, mahalla tinchligi Vatan osoyishtaligining garovidir. Bugun mamlakatimizda mahalla nufuzini oshirishga qaratilgan hayotiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu eng avvalo, mahalla tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Xabaringiz bor, may oyida tumanimizning Chumoqcha mahalla fuqarolar yig'inida mahalla tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida mahallaning ma'muriy binosi qurilishi boshlangan edi. Davlat xususiy sherikchilik asosida qurilayotgan mahalla binosi xalqqa xizmat qilishiga astoydil ishonamiz.
Bugun xuddi shunday tashabbus Lenburg mahalla fuqarolar yig'inida ham amalga oshirilmoqda. Davlat xususiy sherikchilik asosida mahallada eski mahalla fuqarolar yig'ini ma'muriy binosi o'rniga yangi va zamonaviy inshoot qurilishi boshlab yuborildi. Endilikda davlat xususiy sherikchilik asosida Lenburda ham fuqarolarni o'zini o'zi boshqarish kompleksi bunyod etiladi. Qurilish ishlari "Tabassum Sux savdo" xususiy korxonasi zimmasiga yuklatilgan. "Kompleks namunaviy loyiha asosida ikki qavatda zamonaviy me'morchilik uslubida bunyod etiladi" - deydi firma rahbari Niyozali Haydarov.
Qurilish ishlari bolanishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimligi vakillari ishtirok etishidi va nuroniy otaxonlar yaxshi niyatlar ila duoga qo’l ochishdi. Ezgu maqsadlar bilan yangi binoning tamal toshi qo'yildi.
Xususiy korxona rahbari ma'lumotiga ko'ra, qurilajak inshootning birinchi qavatida mahalla fuqarolar yig'ini joylashadi va binoning ikkinchi qavatida yangi zamonaviy aholiga xizmat ko'rsatish kompleksi bunyod etiladi. Inshoot qurilishga 400 million so'm mablag' sarflanishi rejalashtirilgan bo'lib, ushbu mablag'ning teng yarmi, ya'ni 200 million so'mi tadbirkor hisbidan qurilish uchun yo'naltiriladi.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati