Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Saxovat va ko'mak” umumxalq harakati doirasida ehtiyojmand oilalarga ko'mak ko'rsatildi

×

 2020-07-24 18:18:58    162

PDF yuklash
Chop etish


“Saxovat va ko'mak” umumxalq harakati doirasida ehtiyojmand oilalarga ko'mak ko'rsatildi

         Koronavirus pandemiyasi davrida ushbu kasallikni tumanimiz hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish, aholi o'rtasida joriy etilgan karantin cheklovlari va tartib-qoidalariga qat'iy rioya etish bo'yicha keng qamrovli targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

         -“Men tuman madaniyat bo'limida faoliyat olib boraman. Bugun koronavirus pandemiyasi davrida har bir fuqaro o'zini, oila a'zolari salomatligini asrashga harakat qilishi lozim. Bizga ham bo'limimiz rahbariyati tomonidan o'zimiz yashaydigan hududlar biriktirilgan bo'lib, koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olish, fuqarolarni ogohlikka da'vat etish bo'yicha targ'ibot ishlarini olib boryapmiz. Vazifamiz mahallalarda yurib, aholiga sayyor radiostantsiyalar orqali tushuntirish ishlarini olib borishdan iborat”,-deydi Sux tuman madaniyat bo'limi xodimi, Tul mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi san'atkor To'xtasin Azizov.

         Ha, ayni sinovli kunlarni boshimizdan o'tkazayotgan pallada keng ko'lamli targ'ibot-tashviqot ishlarida barcha kasb sohiblari faollik bilan ishtirok etishayotir. Ta'bir joyiz bo'lsa, biz xalqimiz bilan birdamlik va birgalikda koronavirus balosini yengamiz.

         Shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, koronavirus pandemiyasi davrida kam ta'minlangan, ijtimoiy ko'makka mo'htoj, ayni paytda ishsiz bo'lgan fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ularga moddiy va ma'naviy ko'mak ko'rsatish amallari keng quloch yoymoqda. Ayniqsa, “Saxovat va ko'mak” umumxalq harakati doirasida bajarilayotgan amallar e'tirofga sazovor. Bu ishlarda saxovatpesha homiylar ayniqsa faol harakat qilishmoqda desak, xato bo'lmaydi.

         Sohibkor mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi Dodosoil Oripov bugungi kunda saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ezgu amallardan juda minnatdor. –“Koronavirus pandemiyasi davrida ham yaxshi odamlar hali bor ekanligiga ishonch hosil qildik. Chunki mahalla fuqarolar yig'ini mutasaddiylari har doim bizning holimizdan xabardor bo'lib turishadi. Saxovatpesha insonlar tomonidan qilinayotgan moddiy ko'maklar asosan kam ta'minlangan oilalarga tarqatilmoqda. Biz bundan juda xursand va minntadormiz”,- deydi fuqaro biz bilan so'hbatda.

         Sohibkor mahallasida yashovchi fuqaro Nurali Jo'rayev tadbirkorlik bilan shug'ullanadi. Bugun ushbu saxovatpesha tadbirkor tomonidan tashkil etilgan oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy niqoblar Sohibkor mahalla fuqarolar yig'ini, shuningdek, birinchi sektorning boshqa mahallalarida yashovchi fuqarolarga tarqatib berildi. 15 ta xonadonga un va yog' mahsuloti, shuningdek, 3 200 000 so'mlik tibbiy niqoblar berildi. Albatta, bunday sinovli kunlarda amalga oshirilgan har bir ish savob amallardandir. Savob ishni har kim, har kuni qilishi kerak.       

         Tul mahallasi, “Ko'chai Kalon” ko'chasi, 83-uyda yashovchi fuqaro Solijon Oripovning boshiga bu sinovli kunlar yana bir sinovni soldi. 13 iyulь kuni bu xonadonda yong'in sodir bo'ldi. Mahalla ahli ko'magi va mutasaddiy idoralar yordami bilan yong'in baslosi bu oiladan daf' bo'lgan bo'lsada, hali qilinadigan ishlar juda ko'p. Yongan uylarni yangidan qurish va ta'mirlash lozim. Tuman hokimi S. Sayidmusayev ush kuniyoq mahallaga yetib kelib, oila a'zolari bilan uchrashdi va eng quvonarlisi, yong'in paytida oila a'zolaridan hech kim zarar ko'rgani yo'q. Faqat besh nafar oila a'zolarining pasportini yangilash lozim. Chunki yong'in paytida 5 nafar oila a'zosining fuqarolik pasportlari yonib ketgan. Bunda tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyev yordam berishini ta'kidladi va barcha hujjatlar rasmiylashtirish uchun bugun tuman pasport bo'limiga topshirilgan.

         Bugun ham tuman hokimi S. Sayidmusayev, yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha Sux tuman hokimi o'rinbosari Bobosodiq Latipov, tuman ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i Gulshan Ibragimov va Sohibkor mahalla fuqarolar yig'ini xodimlari bilan ushbu xonadonga tashrif buyurishdi. Mahalla tomonidan Oripovlar xonadoniga 1 000 000 so'm pul mablag'i va ko'rpa-to'shaklar yetkazib berildi. Shuningdek, tuman hokimligi tomonidan oilaga “Saxovat va ko'mak” umumxalq harakati doirasida un, yog', va oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.

         Ha, ayni sinovli kunlarda biz bir-birimizga yelkadosh va ko'makdosh bo'lishimiz darkor. Chunki kuch birlik va birdamlikda – ana shu mezonlarga tayangan holda biz barcha sinovlarni yengamiz.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati