Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 107 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Sux tumanida karantin cheklovlariga rioya etgan holda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda

×

 2020-07-21 19:35:03    183

PDF yuklash
Chop etish


Sux tumanida karantin cheklovlariga rioya etgan holda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda

         Tumanimizda koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olish va joriy etilgan karantin cheklovlariga qat'iy rioya etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo'lib, belgilangan reja asosida tizimli ishlar olib borilmoqda. Aytish lozimki, bu yo'naligshdagi barcha ishlar mutasaddiy tashkilot-idora va muassasalarning mustahkam hamkorligi asosida amalga oshirilmoqda. Olib borilayotgan targ'ibot-tashviqot ishlarida tuman hokimligi, tuman ichki ishlar bo'limi, prokuratura, ma'naviyat va ma'rifat, tuman madaniyat bo'limi xodimlari faollik ko'rsatishmoqda.

         Tumanning har bir mahallasida koronavirus infektsiyasini oldini olish va karantin cheklovlariga to'liq rioya etish maqsadida blok-postlar o'rnatilgan o'lib, faqat ruxsatnomasi bor, ya'ni stikerli avtomashinalar harakatiga ruxsat berilgan. Bu kabi ishlarga mahallalardagi jamoatchilik asosida ishga jalb etilgan fuqarolar ham namuna ko'rsatishayotir.

         Shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, karantin tartib-qoidalariga rioya etish barobarida mahallalarda obodonlashtirish ishlari ham jadallik bilan davom etmoqda. Misol uchun, bugun Sohibkor mahalla fuqarolar yig'inida obodonlashtirish ishlari qizg'in pallaga kirgan. Mahalladagi “Oqibat”, “Porloq” va “Suyunchi” ko'chalarida yo'llarga shag'al va betonli qoplama yotqizish ishlari olib borilmoqda. Quvonarlisi, bu ishlarga mahalla yoshlari jalb etilgan. Istiqlol mahallasida ham yangi masjid binosi qurilishi davom etmoqda.

         -“Bizning asosiy maqsadimiz koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan. Shuningdek, aholi tomonidan yerdan samarali foydalanish ishlariga ham alohida e'tibor berish kunning asosiy masalalaridandir. Chunki har birimiz bugun yetarli qishloq-xo'jalik mahsulotlari zaxirasini yaratib qo'yishimiz lozim. Aholi o'rtasida tomorqadan samarali foydalanish, mavjud ekin maydonlariga ko'proq poliz ekinlarini ekish, takroriy ekanlar parvarishiga alohida e'tiborli bo'lish bo'yicha targ'ibot ishlarini olib borayapmiz. Fuqarolarimiz bugun o'yda qolib, tomorqa ishlari bilan shug'ullanishmoqda”,- deydi Yangiariq mahallasidan Xalq deputatlari Sux tumani Kengashiga saylangan deputat Amirjon Safarov.

         Qayd etish lozimki, Sux tumanida hududlar, mahallalarni dezinfektsiya qilish ishlariga ham alohida e'tibor qaratilgan. Chunki dezinfektsiya ishlarini amalga oshirish infektsiyani oldini olishda eng muhim omil hisoblanadi. Sux tuman SEOM mutaxassislarining ma'lumotiga ko'ra, tumanda zararsizlantirish uchun kerakli bo'lgan barcha moddalar va asbob-uskunalarning yetarli zaxirasi yaratib qo'yilgan. Uy sharoitida karantinga olingan fuqarolar holidan soha mutaxassislari doimiy nazorat olib borishmoqda.

         Ma'lumot uchun: bugungi kunda 25 nafar fuqarolarning 14 kunlik karantin muddati tugab, hisobdan chiqarilgan va hozirda 179 nafar fuqaro tibbiyot xodimlari nazoratida turibti. Shuningdek, ayni paytda tumanda 7 nafar fuqaro koronavirus infektsiyasiga gumonlanib, ular bilan muloqotda bo'lgan 19 nafar fuqaro ham tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

                   Sux tumani hokimligi Axbort xizmati