Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Sux tumanida koronavirusga chalingan bemorlar bormi?

×

 2020-07-20 19:37:12    139

PDF yuklash
Chop etish


Sux tumanida koronavirusga chalingan bemorlar bormi?

     Albatta, bu savolga tumanimizning barcha hududlarida, ko'cha-ko'yda, mahallalarda duch kelasiz.

        Koronavirus infektsiyasining kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo'yicha tumanimizda mutasaddiy idoralar vakillari hamkorligida keng ko'lamli targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Lekin yangrayotgan bu kabi savollar va tarqalayotgan mish-mishlar odam tab'ini xira qilmay qo'ymaydi. Darvoqe, rasman tasdiqlanmagan, feyk xabarlarni tarqatgan har bir fuqaro qonun oldida javob berishiga to'g'ri keladi. Qonuga ko'ra, bunday fuqarolar ma'muriy va hatto jinoiy javobgarlikka tortiladi. Buni aslo unutmasligimiz lozim. Koronavirusga bog'liq barcha ma'lumotlar tuman hokimligida tashkil etilgan tezkor shtabda jamlanib, umumlashtirib, viloyat va Respublika shtabiga taqdim etiladi.

 Tezkor shtabga tuman tibbiyot birlashmasidan berilgan ma'lumotga ko'ra, bugungi kunda 189 nafar fuqarolar o'z uylarida karantinga olingan va tibbiyot xodimlarining nazorati ostida qolmoqda. Kun davomida QVP patronaj hamshiralari va mudirlari tomonidan fuqarolarni nazorat qilish ishlari olib borilmoqda. Karantindagi fuqarolar orasida tana harorati ko'tarilishi aniqlanmadi, xodimlar kuchaytirilgan holatda ish olib borilmoqda.

        Aziz tumandoshlar! Shuning uchun, tarqalayotgan har bir mish-mishga ishonib, noto'g'ri xabarlarga berilmasdan karantin tartib-qoidalariga rioya eting! O'zingizni, oila a'zolaringizni, farzandlaringizni, ota-onangizni, barcha barchani bu balodan asrashga harakat qiling!

                  Sux tumani hokimligi Axborot xizmati