Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 176 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Mahallada hashar yo'li bilan qurilgan yangi inshoot foydalanishga topshirildi

×

 2020-07-20 19:26:12    120

PDF yuklash
Chop etish


Mahallada hashar yo'li bilan qurilgan yangi inshoot foydalanishga topshirildi

         "Izlagan imkon topar" degan naql bor xalqimizda. Yoki "Qalovini topsang, qor ham yonadi" deyishgan dono ajdodlarimiz. Tumanimiznig Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'inida koronavirus pandmiyasi davrida ham ko'p obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

         Hazrati Ali mahallasida ro’y berayotgan o’zgarishlar chindan ham e'tirofga sazovor. Sababi mahallada tashabbuskor xalq, tashabbuskor rais va tashabbuskor deputat yashaydi. Yana bir muhim jihati saxovatpesha insonlari juda ko’p mazkur mahallada.

         Mahalla raisi Subhonali Nishonovning bevosita tashabbusi bilan karantin tartib-qoidalariga qat'iy amal qilgan holda qurilishi yil boshida boshlangan majlsilar zali qurilishi oxiriga yetkazilib, foydalanishga topshirildi. Qiymati 150 million so'm bo'lgan bu inshoot hashar yo'li bilan barpo etildi. -"Mahalla ikkinchi sektor hududiga kiradi. Shuning uchun, birgalikda, hamkorlikda hali bu mahallada ko'p  ishlarni amalga oshiramiz. Saxovatpesha tadbirkorlarimizni qo'llab-quvvatlaymiz, zero bu ishlar ularning ko'magi bilan amalga oshirilayotir",-deydi tuman prokurori, ikkinchi sektor rahbari F. Abduvaliyev. Bu ezgu ishlar mahalla deputati, mahalla raisi Subhonali Nishonov sa'yu harakati bilan amalga oshirilganini qishloq ahli katta quvonch bilan aytishmoqda.

         Ishonamzki, mahallada har doim mana shunday xayrli ishlar rais va deputat tashabbuskorligi asosida bardavom bo'ladi. Omad tilaymiz!

                   Sux tumani hokimligi Axborot  xizmati