Sanitariya va karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari
2020-07-17 14:43:16 200
Sanitariya va karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari
Karantinli va inson uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo'lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo'lish
• BHMning 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi(O'z.Res. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks 54-modda).
Sanitariya qonun hujjatlarini, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzganlik uchun:
• fuqarolarga BHMning bir baravaridan 3 baravarigacha;
• mansabdor shaxslarga 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi (O'z.Res. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks 53-modda).
Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun
• fuqarolarga 4 mln 460 ming so'madan 6 mln 690 ming so'mgacha;
• mansabdor shaxslarga esa 6 mln 690 ming so'mdan 11 mln 150 ming so'mgacha miqdorda jarima solinadi (O'z.Res. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks 54-modda).
Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, odamlarning ommaviy kasallanishiga olib kelsa
• BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solish;
• 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
• 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
• 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
• 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmish odamning o'limiga sabab bo'lsa
• 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
• 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
• 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmish odamlarning o'limiga sabab bo'lsa
• 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (O'z.Res. Jinoyat kodeks 2571-modda).