Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Koronavirusni birga yengamiz!

×

 2020-07-16 16:56:55    73

PDF yuklash
Chop etish


Koronavirusni birga yengamiz!

Assalomu alaykum, aziz tumandoshlar!

         Bugun har birimiz sinovli kunlarni boshdan kechiryapmiz. Koronavirus pandemiyasi girdobiga tushib qolgan butun dunyo ahli bu balodan tezroq qutulish yo'llarini qidirmoqda. Oxirgi o'n kunda butun dunyo miqyosida bo'lgani kabi Respublikamizda ham kasallanishlar sonining keskin oshib borishi har birimizni yana bir bor hushyorlikka, ogohlikka da'vat etadi. Bugungi kunda agar ochiq-oydin aytadigan bo'lsak,  koronavirus pandemiyasi bo'yicha vaziyatimiz uncha yaxshi emas.

         Yurtimizda Covid-19 ilk bor aniqlangan holatga ham deyarli 4 oy bo'ldi. Kasallikning keng tarqalishi hamda sog'liqni saqlash tizimiga tushadigan og'irlikning oldini olish maqsadida birinchi bosqichda cheklov choralari qabul qilindi. Jumladan, jamoat va shaxsiy transportlar harakati to'xtatildi, mahalliy va xorijiy mamlakatlar bilan avia va temir yo'l qatnovlari cheklandi. Karantin infektsiya zanjirini uzib, tibbiyot xodimlari va tibbiyot muassasalarini tayyorlab, kasallanishning keskin ortib ketmasligiga imkon berdi.

         Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatildi: hududlar kesimida epidemiologik vaziyat inobatga olinib, toifalandi. Biroq so'nggi 2 hafta mobaynida kasallanishning rekord ko'rsatkichlari qayd etilmoqda. Bunda infektsiya nafaqat karantin hududlarida, balki aholi orasida ham aniqlanmoqda. Shu bois koronavirus epidemiyasining “ikkinchi to'lqin”ini oldini olish uchun butun respublika bo'ylab karantin cheklovlari qayta kuchaytirildi.

         O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev rahbarligida joriy yil 8 iyulь sanasida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishda ta'kidlanganidek, bu juda murakkab sinov va og'ir kurashda ko'p narsa o'zimizga, aql bilan harakatimizga, sabr-toqatimizga, temir intizom bilan qat'iyat va jipslikda ish ko'rishimizga bog'liq. Lekin, ming afsuski, aholi o'rtasida ko'pchilik mana shu talablarga to'la amal qilmayapti.

         Ayniqsa, tibbiy niqob taqmaslik yoki uni nomiga taqish, sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish, o'zaro qo'l berib ko'rishish, ijtimoiy masofani saqlamaslik, zaruratsiz oilaviy tadbirlarni o'tkazish holatlari ko'paymoqda.

         Afso'ski, bunday holatlarni Sux tumanida ham ko'rishimiz mumkin. Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko'ra, O'zbekistonda 10 iyulьdan 1 avgust sanasiga qadar karantin tartib-qoidalari yanada kuchaytirildi. Joriy qilinayotgan bu tartib va cheklovlar albatta, har bir fuqaro, uning  salomatligini himoyalashga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir. Zero “Salomatlik - tuman boylik” deb bejiz aytishmagan dono xalqimiz.

         Tuman hokimining farmoyishiga asosan koronavirus infektsiyasini So'x tumaniga hududiga kelishi va tarkalishini oldini olish va nazorat qilish buyicha tuman hokimligida shtab tashkil etildi. Tumandagi barcha tashkilot-korxona, muassasa va sektorlar rahbarlariga aholi o'rtasida targ'ibot, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish bo'yicha qattiq nazorat o'rnatish, hududlarda dezinfektsiya ishlarini tizimli tashkil etish, ommaviy tadbirlar tashkil etishga yo'l qo'ymaslik choralarini ko'rish, karantin qoidalari jumladan, tibbiy niqob va qo'lqoplar taqilishini qattiq nazoratga olish topshirildi. Umumiy ovqatlanish shahobchalari (restoran, kafe, choyxona)lar faoliyati ham to'xtatildi.

         Aziz yurtdoshlar! Belgilangan chora-tadbirlarni agar har birimiz birgalashib, amalga tatbiq etsak, ko'zlangan maqsadimizga erishamiz. Bu yo'lda har birimiz yakdillik bilan harakat qilishimiz lozim. Bu global muammoga qarshi birgalikda kurashishimiz darkor. Hozir beparvolik va loqaydlikni mavridi emas. Bu yo'lda birgalashib intilish davr va zamon talabidir. Biz bir kuchmiz va agar birlashsak, birga bo'lsak, marra bizniki. Zero, salomatlik va osuda hayot inson uchun eng asosiy ne'matdir. Uni asrashimiz, uning barpo etishga intilish har birimizning asosiy vazifamiz bo'lmog'i lozim.

         Aziz tumandoshlar!

         Koronavirus tarqalishini oldini olishning eng muhim sharti karantin qoidalariga qat'iy va istisnolarsiz rioya etishdir.

         Shuning uchun, chet eldan qaytib kelayotgan vatandoshlarimiz, faoliyatida cheklovlar o'rnatilgan tashkilotlar va muassasalar, tadbirkorlik sub'ektlari va umuman mazkur cheklovlar tegishli bo'lgan barcha-barcha sub'ektlar, jismoniy va mansabdor shaxslar davlat tomonidan belgilangan karantin qoidalari va talablarini so'zsiz bajarishlarini qat'iy so'raymiz.

Shu munosabat bilan yana bir marta barcha aholi qatlamlarini alohida ogohlantiramiz hamda o'z harakatlaringiz bilan nafaqat o'zingiz balki oila a'zolaringiz va xalqimizga ziyon yetkazishingiz mumkinligini doimo esda tutishlaringizni so'raymiz.

Virus keng tarqalishining oldini olish uchun fuqarolar jamoat joylariga iloji boricha chiqmasligi, o'z harakatlanishini keskin cheklashlari va umuman olganda jamiyatda bir-birlari orasida masofa saqlashlari zarur.

         Hurmatli fuqarolar, barcha belgilangan qoida va cheklovlarga tartibli ravishda amal qilinsagina, tegishli tashkilotlar talablari qat'iy bajarilsagina, butun dunyoda tarqalayotgan ushbu virusga qarshi birgalikdagi, hamjihatlikdagi kurashimiz samara beradi. Barchangizni shunga chaqiramiz.

         O'z navbatida, tegishli mutasaddi mas'ul idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari va xodimlari karantin bilan bog'liq talablarga rioya etilishini 24 soat ta'minlab borilishiga shaxsan javobgardirlar. Barcha ma'lumotlarni tuman shtabida tashkil etilgan ishonch telefoni + 998 73 462 53 52 raqami orqali olishingiz mumkin bo'ladi.    Biz bir kuchmiz va bu baloga qarshi birgalikda kurashamiz va uni albatta yengamiz.

                  S. Sayidmo'sayev – Sux tumani hokimi