Karantin talablariga qat'iy rioya etaylik!
2020-07-11 18:36:13 166
Karantin talablariga qat'iy rioya etaylik!
Sux tuman SEOM bosh shifokori Manuchehr Ahroriyning bizga bergan ma'lumotiga ko'ra, tuman miqyosida avtomobillar harakatini cheklashga doir choralar ko'rilgan. Mahallalarda shlagbaumlar o'rnatilib, SEOM xodimlari tomonidan zararsizlantirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Demursad, Guliston, Mulgon, Sux mahalla fuqarolar yig'inlarida 1 500 taga yaqin naqliyot vositalari dezinfektsiya qilindi.
SEOM xodimlari tomonidan tuman markazida joylashgan barcha tashkilot-korxona va muassasalar, savdo do'konlarida karantin tartib-qoidalari bo'yicha targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilayotir. Zararsizlantirish ishlarida tuman SEOM xodimlari faollik ko'rsatishmoqda.
Lekin shuncha berilayotgan e'tiborga qaramasdan, haligacha ko'chalarda karantin qoidalariga zid ravishda harakatlanayotgan piyodalarni ko'rishimiz mumkin. Boshimizga sinovli kunlar kelganda barchamiz ehtiyot bo'lmog'imiz darkor.
Aziz Suxliklar! Karantin tartib-qoidalariga qta'iy rioya eting! Bu bilan nafaqat o'zingizni, balki barcha atrofdagilar salomatligini ham himoya qilgan bo'lasiz. Ogoh bo'ling!
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati