Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qal'a mhallasida ham obodonlashtirish ishlari olib boriladi(mi?)

×

 2020-07-07 19:45:13    157

PDF yuklash
Chop etish


Qal'a mahallasida ham obodonlashtirish ishlari olib boriladi(mi?)

         Bugun tumanimizning Qal'a mahalla fuqarolar yig'inida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmo'sayevning mahalla ahli bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda mahalla ahli, keksa nuroniy otaxonlar va yoshlar ishtirok etishdi. Uchrashuvda tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyev ham qatnashdi.

         -“Bugun tumanimizda Prezidentimizning e'tibori asosida juda katta obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Gaz, elektr, yo'l, suv, aloqa, qurilish va boshqa sohalardagi aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yo'lida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda barcha tuman fuqarolari bevosita ishtirok etishlari lozim bo'ladi. Lekin shu o'rinda yana bir muhim jihatni alohida ta'kidlash lozim: butun dunyo bugun koronavirus pandemiyasi girdobiga tushib qolgan. Kundan kunga kasallanishlar sonini ko'payib borishi bizni ogohlikka, hushyorlikka da'vat etadi. Respublikamizda bu kasallikni yuqtirish holatlari 10 000 nafardan oshib ketdi. Bizning vazifamiz karantin talablariga qattiq rioya etish va atrofdagilarimizni bu balo-ofatdan asrashdan iborat bo'ladi. Karantin talablariga qattiq rioya etmog'imiz zarur. Shuning uchun, barcha mahallalarda bu yo'nalishda keng qamrovli targ'ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirib olib borishimiz darkor”,-deya so'z boshladi tuman hokimi S. Sayidmo'sayev.

         Uchrashuv jarayonida tumanda bo'layotgan o'zgarish va yangilanishlar, obodonlashtirish ishlari haqida alohida to'xtalib o'tildi. Ta'kidlandiki, Sux tumanida alohida davlat Dasturi asosida obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Tumanni obodonlashtirish dasturi uch yilga mo'ljallangan va barcha aniqlangan muammo-kamchiliklar shu yillar davomida bosqichma bosqich  albatta hal etiladi.

         Mahalla fuqarolari ham o'z navbatida ba'zi muammo va kamchiliklar haqida tuman hokimiga murojaat etishdi. Mahallada yashovchi Alijon Mamajonovning so'zlariga ko'ra, o'tgan yili Qal'a mahallasida “Obod qishloq” Davlat dasturi asosida obodonlashtirish ishlari olib borilgan, lekin ba'zi sabablarga ko'ra, qilinadigan ba'zi ishlar qolib ketgan. Mahalladagi “Ma'rifatgoh” ko'chasi asfalьtlantirish dasturga kiritilgan, ammo ko'chaga asfalьt qoplamasi yotqizilmagan. Bu masalada tuman hokimligi tomonidan yaqindan ko'mak berilishi ta'kidlandi. Shuningdek, mahalladagi maktabga yaqin bo'lgan ko'chalarda avtomobillar harakatlanishini tartibga solish bo'yicha ham tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'iga murojaat qilindi. Bu masala ham ijobiy hal etiladigan bo'ldi.

         Darhaqiqat, Qal'a mahallasida o'tgan yili obodonlashtirish ishlari olib borilgan. Bu yili ham shu kabi ishlar mahallada o'zining mantiqiy davomini topadi.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati