Eski simyog'ochlar o'rniga zamonaviy temir-beton tayanchlar o'rnatilmoqda
2020-07-03 18:10:10 226
Eski simyog'ochlar o'rniga zamonaviy temir-beton tayanchlar o'rnatilmoqda
Tumanimiz hududida elektr energiyasi bilan bog'liq muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, sohani modernizatsiya qilish va aholiga sifatli xizmat ko'ratishni yo'lga qo'yish maqsadida e'tirof etishga loyiq ishlar qilinayotir.
Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'inida Farg'ona viloyatidan kelgan yetkachi mutaxassislar ishtirokida ma'nan eskirgan simyog'ochlar o'rniga temir-beton tayanchlar o'rnatish ishlari olib borilmoqda. Mahalla ahli barcha malakali mutaxassislar ishidan mamnun.
-“Mahallamizning “Sangi Siyoh” va “Zarmiyon” ko'chalariga bugun temir-beton tayanchlari o'rnatilmoqda. Biz bu e'tibordan minnatdor va mamnunmiz. Ayniqsa, Prezdentimiz e'tibori asosida viloyatdan ushbu soha yetakchi mutaxassisi Sayidali Ahmadov boshchiligida kelgan ishchi-xodim va montyorlarga xalqimizning samimiy minnatdorchiligini bildiraman. Ushbu ezgu ish va tashabbus tufayli xalqimizning 30 yillik orzusi ushalmoqda”,- deydi mahalla raisi Subhonali Nishonov.
Ma'lumot o'rnida: bugun Sux tumanida viloyatimizning boshqa shahar va tumanlaridan kelgan 82 nafar soha mutaxassislari 8 brigadaga bo'linib, faoliyat olib borishmoqda. Yoshlarni ish joyi bilan ta'minlash maqsadida shu kungacha tuman elektr tarmoqlari korxonasiga 51 nafar Suxlik yoshlar shartnoma asosida ishga qabul qilindi.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati