Faol va peshqadam yoshlarga esdalik sovg'alari topshirildi
2020-07-01 11:44:01 159
Faol va peshqadam yoshlarga esdalik sovg'alari topshirildi
Mamlakatimizda yoshlarga bo'lgan e'tibor, o'sib kelayotgan barkamol avlodga bo'lgan g'amxo'rlik davlat siyosati darajasiga ko'tarilgani bilan ham ahamiyatlidir. Zero yoshlar Vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlaridirlar.
30 iyun – Yoshlar kuniga bag'ishlab, Sux tumani madaniyat uyida tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmo'sayev qatnashib, barcha yoshlarni bayram munosabati bilan tabrikladi. Tuman hokimi mamlakatimizda yoshlarga bo'lgan e'tibor haqida gapirar ekan, "Biz Sizlar bilan hari doim olg'a intilishimiz, Prezidentimiz belgilab bergan yo'ldan borishimiz zarur. Agar biz bu yo'lda birdanu birjon bo'lsak, marra va nurafshon kelajak bizniki", deya alohida ta'kidladi.
–“Koronavirus pandemiyasi tufayli biz bayramni ixchamgina o'tkazishga harakat qildik. Tadbirga faqatgina eng faol, o'qish va mehnat faoliyatida namuna ko'rsatgan yoshlarni taklif etdik, chunki ularning aksariyatiga Yoshlar Ittifoqi tuman Kengashi va tuman hokimligining faxriy yorliqlari va esdalik sovg'alari topshirildi”, - deydi biz bilan so'hbatda Sux tuman Yoshlar Ittifoqi raisi Isojon Mastonov.
-“Men bu yili viloyat miqyosida onlayn tarzda tashkil etilgan “Kitobxonlik” ko'rik-tanlovlarda faol qatnashdim. Mehnatim zoye ketmadi. Sovrindorlar qatoridan joy oldim. Shu aziz Vatanimi ravnaqi va rivojiga astoydil mehnat qilishga harakat qilaman. Kitob bilan oshno tutingan odam aslo kam bo'lmaydi”, - dedi tuman hokimi qo'lidan o'z mukofotini ola turib Sarikanda mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan 4-son UO'T maktabining 9-sinf o'quvchisi Samandar Erkinjonov.
Tadbirda Samandarga o'xshagan o'nlab Suxlik yoshlarga bayram sovg'alari topshirildi. Tadbir barchaning ko'nglida unutilmas taassurot qoldirdi.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati