Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 66 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari insonparvarlik printsipining amaldagi ko'rinishidir

×

 2020-07-01 09:04:08    122

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari insonparvarlik printsipining amaldagi ko'rinishidir

         Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo'nalishlaridan biri bu-qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so'z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo'lib qolmoqda.

         Jinoyat ishini yuritishda sud nazoratini mustahkamlash, himoya va ayblov tortishuvini taьminlash tizimi va mexanizmlarini takomillashtirishda "Xabeas korpus" instituti qo'llanishini kengaytirish bo'yicha qonun hujjatlari amalga oshirilmoqda.

         Jinoyat-protsessual qonunchilikdan sudning jinoyat ishini qo'zg'atish, jinoyat ishi bo'yicha ayblov xulosalarini eьlon qilish vakolatlari soqit qilindi, sudgacha ish yuritish bosqichida tergov ustidan sud nazorati kuchaytirildi. Shaxsni lavozimidan chetlashtirish va tibbiyot muassasasiga joylashtirish kabi protsessual majburlov choralarini qo'llash vakolatlari sudlarga berildi.

         Qabul qilingan qonunchilik hujjatlariga ko'ra, tezkor-qidiruv ishlarini olib borishning aniq asoslari belgilandi, bu jarayonda qonunchilikka rioya qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taьminlash, maьmuriy o'zboshimchalikka yo'l qo'ymaslik bo'yicha real huquqiy kafolatlar yaratildi.

         O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman va shahar umumiy yurisdiksiya sudlarining faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risidagi farmonlarining qabul qilinishi sud hokimiyatining nufuzini mustahkamlash, zamonaviy demokratik talablarga javob beradigan sud kadrlarini tanlash va tayinlashning samarali tizimini yaratish borasida muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

         Mamlakatimizda sud-huquq islohotlari jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Bu sohadagi islohotlar demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishning zamonaviy strategiyasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

         Darhaqiqat, islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan ushbu davrda jinoiy jazo choralari va jinoyat sodir qilishda aybdor bo'lgan shaxslarga nisbatan jazo tayinlash masalalari davr talabi darajasida tashkil qilishni taqozo etadi va u hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo'lib qolmoqda. Demak, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining asosiy yo'nalishi sifatida jinoyat qonunini liberallashtirish:

         birinchidan, davlatimizning qonunchilik amaliyotida birinchi marta amaldagi kodekslarga o'zgartirishlar kirituvchi yoki ularni to'ldiruvchi normalar mohiyatiga ko'ra qonunning orqaga qaytish kuchiga egaligini ifodalaydi, chunki unga ko'ra, jinoyat sodir etishda ayblanayotgan fuqarolarga tayinlangan jazolar liberallashtirilmoqda yoki javobgarlik yoxud jazodan ozod qilish mumkin bo'lgan normalar doirasi kengaytirilmoqda;

         ikkinchidan, jinoyat qonuniga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar jinoiy ta'qib etish hamda jinoyatlarni sudda ko'rishning asoslari va asosiy printsiplarini tubdan o'zgartirishiga olib keldi;

         uchinchidan, kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar, birinchi navbatda, ayrim jinoyat-huquqiy normalarda saqlanib qolgan sobiq hukmron rejim asoratlarini bartaraf etishga xizmat qildi;

         to'rtinchidan, rivojlanib borayotgan demokratik jamiyatning qonunlari xususiyatining o'ziyoq, ularga ixtiyoriy tarzda va so'zsiz rioya etilishi hamda ijro qilinishini taqozo etib, qonun ustuvorligini taminlashga xizmat qilmoqda.

         beshinchidan, O'zbekiston Respublikasining bugungi kundagi jinoyatga oid siyosati ba'zi bir MDH, shuningdek, chet mamlakatlar qonunchiligidan farqli ravishda, eng ilg'or, insonparvarlik g'oyalariga asoslangan bo'lib, bu borada olib borilayotgan islohotlar ko'lami va mazmuni jihatidan ulardan ancha oldinga ilg'orlab ketildi.

         Respublikamizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari va uning asosiy yo'nalishi bo'lmish jinoyat qonunini liberallashtirish jarayonini tahlil qilgan holda o'rganib, quyidagi fikr va xulosalarga keldik:

         - Jinoyat qonuni O'zbekiston Respublikasi Oliy davlat hokimiyati organi - Oliy majlisning normativ (me'yoriy) hujjati bo'lib, u jinoyat huquqining umumiy printsiplari va vazifalari, ayrim jinoiy qilmishlarning belgilari, ularni sodir etganlik uchun jazo choralarini belgilaydi;

          - Jinoyat qonunini liberallashtirishdan maqsad, jinoyat sodir etgan shaxsni jamiyatdan ajratmagan holda boshqa yengilroq jazo tayinlash yo'li bilan jamiyatga qaytarish imkoniyatini yaratish, ya'ni uni axloqan tuzatishdan iborat bo'lib, sud-huquq islohotlari davrida jinoyatchilikka qarshi kurash choralarini namoyon qiladi;

         - jamiyat va davlatda yuz bergan ijtimoiy siyosiy o'zgarishlar jazo tizimi, ularning joylashish tartibi, o'z ahamiyatini yo'qotganlarini bu tizimdan chiqarib tashlash yoki yangi jazo turini kiritilishiga ta'sir qiladi. 

         Yuqoridagilarga ko'ra, jinoyat qonunini liberallashtirishning keyingi bosqichlarida, nazarimizda, quyidagilar amalga oshirilishi kerak:

         1. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 42-moddasiga ko'ra, “jazo jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qo'llaniladigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish va ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir”, qonunda berilgan ushbu ta'rif to'liq va aniq bo'lishiga qaramasdan, jazoning huquqiy kategoriya sifatida sudlanganlik oqibatini keltirib chiqarishi to'g'ridan-to'g'ri qonunda nazarda tutilishi kerak.

         2. Jinoyat qonunida nazarda tutilgan va sodir etilgan jinoyat uchun qo'llaniladigan boshqa-huquqiy ta'sir choralari, jumladan, tibbiy yo'sindagi majburlov choralari, voyaga yetmaganlarga qo'llaniladigan majburlov choralari jazo tushunchasi doirasiga kirmaydi va jinoiy jazo kabi sudlanganlik oqibatini keltirib chiqarmaydi, chunki ushbu choralar, avvalo, jinoyat sodir etgan shaxsning manfaatlari (sog'ayishi, ta'lim olishi va boshqa) uchun qo'llanilib, jazoga xos bo'lgan xususiyatlarga ega emas.

         3. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida nazarda tutilgan jazo tizimini o'rganish, bugungi kunda jazo tizimi yanada liberallashtirilishi va bu borada jamiyatdan ajratish bilan bog'liq bo'lmagan jazo turlari doirasi kengaytirilishini talab etadi, bu borada jazo tizimiga jamoat ishlari choralarni jinoiy jazo sifatida kiritish maqsadga muvofiqdir.

         4. Jinoiy jazolarni liberallashtirishning keyingi bosqichlarida voyaga yetmaganlar uchun jamiyatdan ajratish bilan bog'liq bo'lmagan jazolar doirasini, ya'ni ozodlikdan mahrum qilishga muqobil bo'lgan jazolar doirasini kengaytirish maqsadga muvofiq, ushbu holat, avvalo, jarima, axloq tuzatish ishlari jazosini qo'llashda voyaga yetmagan shaxsning ko'pgina hollarda mustaqil mablag'ga ega emasligi, jarima jazosini ijro etilishi, ko'proq uning ota-onasi zimmasiga tushishi yoxud axloq tuzatish ishlari jazosini ijro etish muayyan muammolarning mavjudligi bilan izohlanadi.

         Nazarimizda, bu borada Jinoyat Kodeksida belgilangan voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlash tizimini qaytadan ko'rib chiqib,  mulohaza yuritib, avvalo milliy o'zligimizdan kelib chiqib, qolaversa rivojlangan mamlakatlar tajribasini tahlil qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida o'zining samarasini berishi mumkin bo'lgan jazo turlari kiritilsa, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga va sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish hamda liberallashtirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirilishiga qaratilgan yana bir ijobiy qadam bo'lar edi.

 

P.Djo'rayev  - Jinoyat ishlari bo'yicha

                    Farg'ona tuman sudining

                    sudya yordamchisi                                                                

 

  J.Xaydarov - Jinoyat ishlari bo'yicha

                  Farg'ona tuman sudining

                   devonxona mudiri