Xayrli tashabbuslarning ijobiy samarasi
2020-06-27 20:04:53 218
Xayrli tashabbuslarning ijobiy samarasi
Bugun tumanning qay bir go'shasiga bormang, obodlik va bunyodkorlik ishlarining avj olganiga guvoh bo'lasiz. Kundan-kunga qishloqlar qiyofasi o'zgarib, aholi yashash tarzi farovonlashib boryapti. Davlatimiz rahbarining xayrli tashabbusi, inson manfaatiga karatilgan hayobaxsh islohotlar So'x tumanida o'z aksini topmoqda. Buni yo'l qurilishi va ta'mirlash ishlarida ham yaqqol ko'rishimiz mumkin. Bahorda va qishda loy, yoz va kuz faslida asosan tuproq bo'lgan yo'llar o'rnini endilikda zamonaviy tarzda qurilgan betonli qoplama va asfalьtlangan ko'chalar egallamoqda.
Kecha Hushyor mahallasidagi Ziyo ko'chasi to'liq asfalьtlangan bo'lsa, bugun betonli qoplama yotqizish ishlari Sarikanda mahallasining Choradara ko'chasida boshlanib ketdi. Muammo va kamchiliklar girdobidan bosqichma-bosqich qutulayotgan tuman ahli berilayotgan yuksak e'tibor va g'amxo'rliklardan mamnun, xursand.
Tumanda yo'l qurilishi va ta'mirlash ishlariga jami 123 nafar mutaxassis va ishchilar jalb etilgan bo'lib, viloyat markazidan keltirilgan 20 ta zamonaviy texnika yo'lsozlar mushkulini oson qilayotir.
Tadbir boshidan Sarikanda, Qaqir, Lenbur, Devayron, Navobod mahallalaridagi yaqin 12 000 metr bo'lgan tuproq qoplamali yo'llar shag'allashtirilgan bo'lsa, yuqorida nomlari qayd qilingan hududlar, shuningdek, Chashma, Sharqobod, Yangiariq, Oftobru, Guliston mahallalarida 12 000 metrdan ortiq bo'lgan shag'al qoplamali yo'llarga sementobeton qoplamasi yotqizildi. Hududdagi ichki yo'llarni asfalьtlashtirish ishlari ham jadallik bilan davom etayapti. Shu kungacha “Rishton-Sux”, “Tul-G'aznov” yo'nalishidagi, shuningdek, Navobod, Hashyor, Devayron, Sarikanda mahallalaridagi qariyb 5 000 metr masofaga asfalьt qoplamasi yotqizildi. Shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, har bir hudud xususiyatidan kelib chiqqan holda mahalla va qishloqlarda piyodalarga sharoit yaratish maqsadida sementobentonli piyodalar yo'lakchasi qurilishi va betonli bordyularning montaj qilish ishlari ham olib borilmoqda. Misol uchun, tadbir boshidan Hushyor-Rovon avtomobiь yo'lining Hushyor-Sarikanda mahallalari oralig'ida 2 000 metrga kvadratga yaqin sementobetonli piyodalar yo'lakchasi qurilib, 1 000 metr kvadratga teng masofadagi yo'llarga betonli bordyurlar montaj qilindi.
Bugun Devayron mahalla fuqarolar yig'ini, “Ma'rifat” ko'chasida yashovchi fuqarolar uchun unutilmas kun bo'ldi desak, mubolag'a emas. Mazkur ko'chaga asfalьt yotqizish ishlari oxiriga yetib, foydalanishga topshirildi. – “Barcha Devayron aholisi, ayniqsa “Ma'rifat” ko'chasida istiqomat qiluvchi aholi bunday e'tibor va g'amxo'rliklardan minnatdor va mamnun. Darhaqiqat, bugungi kungacha bizning qishloqqa shunchalik e'tibor bo'lmagan. Bugun biz uchun haqiqiy bayram. Bolalar, farzandlarimiz quvonchini ko'rmaysizmi, endi ular bemalol loy bo'lmasdan maktabga borib kelishadi. Shunchalik e'tibor uchun Yurtboshimizga mahalla ahlining minnatdorchiligini bildiraman”, - deydi mahalla raisi Rahmonali Boboyev.
Respublikadan kelgan yo'l qurilishi mutasaddiylari, tuman hokimligi vakkillari va mahalla ahli ishtirokidagi bo'lib o'tgan tadbir haqiqiy bayram kechasiga aylanib ketdi. Tumanda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati