Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

«Jonajon yurtim obodligiga o'z hissamni qo'shaman»

×

 2020-06-25 20:04:53    238

PDF yuklash
Chop etish


«Jonajon yurtim obodligiga o'z hissamni qo'shaman»

          Barchamizga ma'lumki, joriy yilning iyunь-avgust oylarida butun mamlakatimiz bo'ylab «Jonajon yurtim obodligiga o'z hissamni qo'shaman» shiori ostida tadbirlar amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni o'tkazishdan asosiy maqsad mahalla fuqarolar yig'ini hududida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalarning uy-joylari o'rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etishdan iborat. Ayni kunda tumanimizda xonadonlar va ko'chalarni obod hamda ko'rkam qilish bo'yicha ishlar boshlandi. Shu jumladan, tumanimizning barcha mahalla fuqarolar yig'inlarida ham ushbu xayrli tadbirni yuksak saviyada o'tkazish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

         -“Biz mahalla fuqarolar yig'ini faollari bilan maslahatlashib, ishni ijtimoiy ko'makka mo'htoj, kam ta'minlangan oilalar, yakka yolg'iz, boquvchisini yo'qotgan fuqarolarimizga amaliy yordam berishdan boshlashni o'zimizga asosiy maqsad qilib qo'ydik. Aslida mahalladagi barcha kam ta'minlangan oilalar ro'yixati shakllantirilgan bo'lib, tizimli ravishda bu oilalarga ko'mak berib kelyapmiz. “Saxovat va ko'mak” umumxalq harakati doirasida ham mahallamizda ko'p ishlar amalga oshirildi”, - deydi Sarikanda mahalla fuqarolar yig'ini raisi Bahodir Safoyev. Darhaqiqat, kam ta'minlangan, ijtimoiy ko'makka mo'htoj oilalarni qo'llab-quvvatlash har bir rahbarning asosiy vazifaisdir.

         -“Mahalla raisi, tashkilotchilarga katta rahmat, o'zlari kelib, kamchiliklarimiz haqida doimiy ravishda so'rab turishadi. Bugun mahalla mutasaddilari uyimizni ta'mirlashda katta yordam berishdi. Men bundan juda minntadorman”- deydi mahallada yashovchi  Qo'ysinoy Yuldosheva.

         Shu kuni mahalla raisi tashabbusi bilan yana bir oila – Anorxon Ahrorovaning xonadonida ham qurilish-ta'mirlash ishlari bajarildi. Bunday e'tibor va moddiy ko'makdan Anorxon-opa juda xursand. -“Aslida mahallamiz raisi oilamiz ahvolidan muntazam xabar olib turishadi. Bir necha marotaba oziq-ovqat mahsulotlari olib kelib berishdi. Ularga kattadan-katta rahmat”, - deya duoga qo'l ochishdi  Anorxon-opa.

         Mahallada ayniqsa, kam ta'minlangan aholi bandligini ta'minlashga qaratilgan ishlar ham e'tirof etishga loyiq. Mahallaning Baliqchi ko'chasida yashovchi fuqaro Abdunazar Pirnazarovning xonadoniga subsidiya asosida bepul ixcham issiqxona taqdim etildi. -“Berilayotgan bunday e'tibordan minnatdormiz. Endi asosiy vaqtimizni shu issiqxonani kengaytirish va albatta, yaxshi daromad olishga sarf etamiz. Chunki tomorqa daromad manbai ekanligini teran anglab yetdik. Bugun biron qarich yer bekor turmasligi lozim. Harakat qilib, albatta, xalqimizga nafimiz tegishi uchun astoydil mehnat qilamiz”, - deyishadi xonadon sohiblari.

         Tumanning barcha mahallalarida “Jonajon yurtim obodligiga o'z hissamni qo'shaman” shiori ostida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Zotan, xonadon obodligi mahalla obodligidir, mahalla obodligidan Vatan obodligi sarchashma oladi. Shuning uchun, bugun har birimz shu ezgu maqsad sari birdam bo'lib, bir yoqadan bosh chiqarib faoliyat olib borsak, nur ustiga a'lo nur bo'lar edi.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati