SUX TUMANIDA YO'LLAR QURILIShI VA TAЪMIRLASh IShLARI DAVOM ETYAPTI
2020-06-25 19:04:45 221
SUX TUMANIDA YO'LLAR QURILIShI VA TAЪMIRLASh IShLARI DAVOM ETYAPTI
Azaldan yo'l va ko'prik qurish savob ishlardan sanalgan. Zotan, savob ishni har kim, har kuni qilishi kerakligini tumanda faoli olib borayotgan yo'lsozlar teran anglashadi desak, mubolag'a emas. Chunki eng katta minnatdorchilik izhorlari aholi tomonidan shu soha vakillariga bildirilmoqda. Tumanda yo'l qurilishi va ta'mirlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
-“Men bir necha yil mahallamizda rais sifatida faoliyat olib bordim. Lekin eng asosiy muammo Yangiariqliklar uchun elektr energiyasi ta'minotidan keyin yo'l muammosi bo'lib kelgan. Bugun mahallamizning Yangiariq ko'chasida haqiqiy bayram. Yosh bolalardan tortib yuz bilan yuzlashgan otaxon-onaxonlar qalbida o'zgacha hayajon, barcha xursand – chunki 300 metrdan ortiqroq masofadagi yo'llarimiz ta'mirlandi. Bizning ko'chamizga ham asfalьt yotqizildi. Barcha mahalla ahli yangi ta'mirlangan yo'lni foydalanishga topshirish tadbirida qatnashdi. Tumanimiz hokimi va Respublika va viloyatdan kelgan yo'lsozlar bilan birgalikda xursandchiligimizni baham ko'rdik. Bundpy e'tibor uchun barcha mahalla ahli nomidan men tuman Kengashi deputati sifatida minnatdorchilik bildiraman”, - deydi Yangiariq mahallasida yashovchi Amirjon Safarov.
Ha, guzardagi barcha yoshu qarining xursandchiligiga asos yetarli – chunki bugun mahalla ahlining eng ezgu orzusi ushalmoqda. Yangiariq ko'chasiga yangi asfalьt yotqizilib, shu munosabat bilan katta tadbir tashkil etildi mahallada. Tadbirda so'z olgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmo'sayev barcha mahalla ahli, umuman, barcha Suxliklar mo'htaram Prezidentimizning berilayotgan e'tiboriga javoban obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etib, tumanni eng obod va ko'rkam go'shaga aylantirishda tinmay mehnat qilishlari lozimligini ta'kidlab o'tdi.
Bugun tuman hududidagi yo'l qurilishi va ta'mirash ishlariga 123 nafar mutaxassis va 20 ta texnika vositalari jalb etilgan. Texnika va mutaxassilarning asosiy qismi viloyat markazidan tumanga safarbar etilgan. Tumanda ko'cha va yo'llarni ta'mirlash, asfalьt, sementobeton qoplamasi yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bugun Sarikanda mahalla fuqarolar yig'inining Baliqchi-1 va Baliqchi-2 ko'chalariga 4 000 kvadrat metrdan ortiqroq hajmdagi masofaga sementobeton qoplamasi yotqizildi;
- Rishton – Sux yo'lidagi chuqurlar tekislanib, tadbir boshidan 2 000 metr kvadrat masofaga asfalьt qoplamasi yotqizildi;
- Hushyor – Rovon avtomobilь yo'lida piyodalar yo'lakchasi qurish uchun 1 500 kvadrat metrdan ortiqroq masofaga asos tayyorlandi va 1 400 kvadrat metrga yaqin hajmdagi sementobeton qoplamali piyodalar yo'lakchasi qurildi;
- Sarikanda mahalla fuqarolar yig'inidagi Anorbog' ko'chasidagi 1 500 kvadrat metrdan ortiqroq masofadagi yo'llarga shag'al qoplamasi yotqizildi;
- Yo'llarda harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida tadbir boshidan Rishton – Sux avtomobilь yo'lining Lenbur – Chashma mahalla fuqarolar yig'inlari oraliq qismida barcha yo'l begilari ta'mirlandi;
- Hushyor – Rovon avtomobilь yo'lining Hushyor – Sarikanda mahalla fuqarolar yig'inlari oralig'idagi masofada tadbir boshidan piyodalar yo'lakchasi uchun yo'lning 400 metr kvadratga yaqin qismida qurilish ishlari olib borilib, 200 metrdan ziyodroq qismiga beton bordyurlar montaj qilindi.
Tumanda tuproq qoplamali yo'llarga shag'al to'kish, shag'al qilingan yo'llarga sementobeton qoplamasi yotqizish, shunigdek, asfalьtlashtirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Qaqir, Sharqobod, Lenbur mahallalarida 6 000 metr kvadratdan ortiqroq yo'llar shag'al qoplamaga o'tkazildi. Shuningdek, Qaqir,Chashma, Yangiariq, Oftobru, Navobod mahalla fuqarolar yig'inlarida 5 500 kvadrat metrdagi shag'al qoplamali yo'lga sementobeton qoplamasi yotqizildi. Tul – G'aznov avtomobilь yo'nalishidagi chuqurlar tekislanib, asfalьt yotqizilgan bo'lsa, Navobod mahalla fuqarolar yig'inining Malbud qishlog'i, Hushyor, mahalla fuqarolar yig'inidagi ko'chalarning 1 500 metr kvadratdagi masofaga ham asfalьt yotqizildi.
Soha mutaxassislarining bizga bergan ma'lumotiga ko'ra, aholi bandligini ta'minlash maqsadida yordamchi kuch sifatida tuman yo'lsozlik idorasiga 44 nafar yoshlar ishga qabul qilindi. Amalga oshirilayotgan barcha ishlar piyodalar va avtomobillarning bemalol harakatlanishi, yo'llardagi noxush holatlarni oldini olishga qaratilgan. Turli hajmdagi yo'llarni qurilish va ta'mirlash ishlari tuman uzra davom etyapti.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati