Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Xalq deputatalari So'x tumani Kengashining navbatdan tashqari yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi

×

 2020-06-25 18:22:02    204

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatalari So'x tumani Kengashining navbatdan tashqari yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi

         Xalq deputatlari So'x tumani Kengashining navbatdan tashqari yettinchi sessiyasida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining o'rinbosarlari, tumandagi korxona tashkilotlar raxbarlari hamda mahalla fuqarolar yig'ini raislari shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar. Sessiyaga tuman Kengashi deputati, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir qabulxonasi So'x tumani bo'limi mudiri M. Jumayev raislik qildi.

         Sessiya kun tartibiga ikkita masala – Xalq deputatlari Farg'ona viloyati Kengashining 2020 yil 16 iyundagi “So'x tumanida qishloq xo'jaligiga muljallanmagan bush turgan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslarga  to'g'ridan-to'g'ri berish to'g'risida”gi VII-VIII/39 sonli qaroriga asosan So'x tumanida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun yer ajratib berish masalasini ko'rib chiqib, tuman hokimining 2020 yil 24 iyundagi №439 sonli qarorini tasdiqlash, hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969 sonli “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish buyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”-gi Farmonining 7-bandi O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq soliqlarni to'lash muddatlarini o'zgartirish, shuningdek ularning stavkalarini kamaytirish to'g'risidagi  masalalar qo'yilib, deputatlar tomonidan muhokama etildi.

         Tuman Kengashi deputati  S. Nishonov sessiya kun tartibiga tumandagi Hazrati Ali ziyoratgohida qo'rilayotgan yangi bolalar attraktsioni buyicha qabul qilingan tuman hokimining qarorini qayta ko'rib chiqish uchun tuman komissiyasini tuzib, komissiya a'zolari ishtirokida joyida o'rganish olib borish va o'rganish natijasi buyicha tuman hokimining qarorini bekor qilish yuzasidan taklif kiritdi. Deputat tomonidan kiritilgan taklif bir ovozdan deputlar tomonidan ma'qullandi. Sessiyada ushbu bildirilgan taklif yuzasidan tuman Kengashi deputatlari, tegishli idoralar rahbarlaridan iborat  komissiya tuzib, qurilayotgan atraktsionni o'rganish buyicha kelishib olindi.

         Sessiya kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tuman Investitsiyalar va tashqi savdo bo'limi boshlig'ining o'rinbosari Safarov Atham Murodzodaning axboroti tinglandi.

         Shundan so'ng, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidburhonovich Sayidmo'sayev so'z olib, sessiya ishtirokchilariga kun tartibidagi 1-masala buyicha qabul qilingan So'x tumani hokimining 2020 yil 24 iyun kuni 439-sonli qarorini o'qib eshittirdi. Ushbu qaror bir ovozdan deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

         Kun tartibining ikkinchi masalasi yuzasidan tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i Turaboyev Faridjon Mirzoaliyevichning hisoboti tinglandi.

          Ko'rilgan masalalar yuzasidan sessiyada deputatlar va siyosiy partiya vakillari so'zga chiqib, fikr-mulohazalarini bildirishdi. Shu bilan Xalq deputatlari Sux tumani Kengashining navbatdan tashqari yettinchi sessiyasi yakunlandi.

                            Sux tumani hokimligi Axborot xizmati