Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 121 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUNOSIBLAR TAQDIRLANIShDI

×

 2020-06-24 20:51:05    110

PDF yuklash
Chop etish


MUNOSIBLAR TAQDIRLANIShDI

         Bugun Respublika hukumati va bevosita mo’htaram Prezidentimiz e'tibori doirasida Sux tumanida keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Hududlarda faoliyat olib borayotgan, shuningdek,  sektorlarda tashkil etilgan “Fuqarolar qabulxonalari”da aholining ijtimoiy muammolarinin o’rganib, ularning yechimida amaliy ko’mak ko’rastayotgan Respublikadan tashrif buyurgan ishchi guruh vakillarining ham bevosita amalga oshirilayotgan obodonchilik ishlarida salmoqli hissalari bor desak, aslo mubolag'a qilmagan bo’lamiz. Qilinayotgan barcha ishlar va amalga oshirilayotgan obodonchilik jarayoni tuman hokimligida tashkil etilgan tezkor shtab xodimlari tomonidan sarhisob qilinmoqda.

         Aytish mumkinki, bugungi o’zgarish va yangilanishlarda barchaning birdek hissasi bor, ayniqsa, bu yo’nalishda huquq-tartibot organlari xodimlarinning faoliyatini alohida e'tirof etish lozim. Kecha tuman madaniyat bo’limining majlislar zalida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarida namuna ko’rsatgan bir guruh huquq-tartibot organlari xodimlari va jamoatchilik vakillarining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

         Tadbirda so’z olgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmo'sayev tumanda amalga oshirilayotgan barcha obodonlashtirish ishlari bevosita mo’htaram Prezidentimiz e'tibori doirasida amalga oshirilayotganligi, qilinayotgan barcha ezgu amallarda hammamiz birtanu birjon bo’lib, faoliyat olib borishimiz lozimligini alohida ta'kidlab o’tdi.

         Shundan so’ng, bir guruh huquq-tartibot organlari xodimlari va jamoatchilik vakillariga Farg'ona viloyati Sux tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush tarzi, darajasi va madaniyatini yanada yuksaltirish, joylarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahallalardagi muammolarni o'z vaqtida bartaraf etishda ko'rsatgan beminnat xizmatlari uchun O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining faxri yorliqlari topshirildi. Albatta, bunday e'tibor va rag'bat hammamizni bir ezgu maqsad – O’zbekiston Respublikasining rivoji va ravnaqi, tinchligi va osoyishtaligi, taraqqiyoti, porloq kelajagi sari yetaklayveradi.

                  Sux tumani hokimligi Axborot xizmati