“Madad guruhi” ehtiyojmand oilalarning haqiqiy madadkori
2020-06-23 19:58:07 173
“Madad guruhi” ehtiyojmand oilalarning haqiqiy madadkori
Roppa-rosa bir haftadan so’ng Respublikamizda “Yoshlar kuni” keng nishonlanadi. To’yga to’yona sifatida Yoshlar Ittifoqi Sux tumani Kengashi mutasaddiylari ham bir qancha ezgu ishlarni amalga oshirishga bel bog'lashgan.
Kengash faoli Tolibjon Ibragimovning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, Kengash negizida intiluvchan va faol yoshlar hisobidan “Madad guruhi“ tashkil etilgan bo’lib, bundan asosiy maqsad kam ta'minlangan, ijtimoiy ko’makka mo’htoj, yakka yolg'iz fuqarolarning uy yumushlarida ko’mak berishdan iborat.
“Madad guruhi”, jamoatchilik orqali bandligi ta'minlangan yoshlar va tuman Kengashi sardorlari bilan 1-sektor hududidagi G'aznov mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan 4 nafar yakka yolg'iz va ehtiyojmand oilalar Miryoqubov Gulzod, Talliyeva Sokinaxon, Qodirov Ravshan, Hudiboyev Pahlavon hamda Tul mahalla fuqarolar yig'inida istiqomat qiluvchi 3nafar yakka yolg'iz va ehtiyojmand oilalar Saidaxmetova Oqibatxon, Abdunazarov Urinboy va Qosimova Himoyatxon holilaridan xabar olinib, ularning uy yumushlarida ko'maklashildi.
Kengash tomonidan tumanda joylashgan kasb-hunar kollejlariga o'qishga kirib ma'lum sabablarga ko'ra o'qishini bitirolmay diplom ololmagan 5 nafar yosh fuqarolarning ro'yxati shakllantirildi va tushuntirish ishlari olib borilib, hujjatlari rasmiylashtirildi.
Shuningdek, mo’htaram Prezidentimiz tomonidan ajratilgan maxsus kvota bo'yicha oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish uchun bir kunda 33 nafar bitiruvchilar tomonidan xujjatlar (10 nafari filologiya - o'zbek tili, tojik tili, rus tili va ingliz tili yo'nalishida, 4 nafari sport yo'nalishida, 5 nafari iqtisod yo'nalishida, 5 nafari tibbiyot yo'nalishida, 4 nafari maktabgacha ta'lim yo'nalishida hamda 5 nafari boshlang'ich ta'lim yo'nalishi bo'yicha) topshirildi hamda ularning ro'yxatlari elektron tarzda shakllantirildi.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati