“Fuqaro qabulxonalari”ga kelib tushayotgan murojaatlar ijobiy hal etilmoqda
2020-06-22 19:50:38 147
“Fuqaro qabulxonalari”ga kelib tushayotgan murojaatlar ijobiy hal etilmoqda
Sux tumanida faoliyat olib borayotgan Respublika ishchi guruh vakillari tomonidan aholi muammolarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Sektorlar shtabida hamda tuman hokimiyati qoshida aholi muammolarini o’rganish bo’yicha “Fuqaro qabulxonalari” tashkil etilgan bo’lib, shuningdek, aholini qiynayotgan muammolar uyma-uy yurish orqali ham aniqlanmoqda. Eng asosiysi, aniqlangan muammolarning asosiy qismi joyida hal etilishiga erishilmoqda.
Kecha “Fuqaro qabulxonalari”ga 18 (tadbir boshidan 275ta) ta murojaat kelib tushib, shundan, tadbir boshidan 64 tasi joyida hal etildi, 13 tasi bo’yicha huquqiy tushuntirish berildi, qolgan 5 ta muammolarni tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralari ko’rilmoqda.
Tadbir boshidan aniqlangan mingdan ortiq ijtimoiy muammolardan aksariyati hal etildi. Jumladan: xonadonlarga kommunal xizmat ko’rsatish, fuqarolarning bandligini ta'minlash, tibbiy, moddiy yordam ko’rsatish, bank krediti ajratish, fuqarolarning pasport-viza bilan bog'liq masalalarni hal etish, fuqarolarninng xonadonlarini ta'mirlash, tadbirkorlik bilan bog'liq muammolar va boshqa masalalarga oid muammolarning ham ijobiy hal etilishi ta'minlandi.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati