Xalq osoyishtaligi yo’lida
2020-06-20 21:09:43 167
Xalq osoyishtaligi yo’lida
Bugun davlatimiz tomonidan Sux tumanini ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish barobarida, anklav hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, aholi xavfsizligini, tinchlik va osoishtalik muhitinining barqarorligini taminlash masalasiga ham alohida e'tibor qaratilib, bu borada ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari tomonidan arzirli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tumanda samarali fa'oliyat olib borayotgan 250 nafar ichki ishlar va 109 nafar milliy gvardiya xodimlari xalq bilan hamnafas bo’lib, mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, jamoat tartibini saqlash, tinchlik va osoyishtalik kabi ulug' ne'matning qadriga yetish, karantin qoidalariga amal qilish xususida targ'ibot ishlarini muntazam olib bormoqdalar. Eng asosiysi, xalq buni to’g'ri tushunib, ular aytayotgan qoidalarga amal qilmoqda.
Bugun arab mamlakatlaridagi notinch vaz'iyat fuqarolar hayotiga naqadar xavf solayotganini, qanchadan qancha begunoh odamlarning qoni tukilayotganiyu yetim qolayotgan farishta misol go’daklarni ko’rib, yurtimizdagi tinchlik va ososhtalik muhitining barqarorligiga shukrona aytib, qadrini his etish chin fuqarolik burchi desak, aslo adashmaymiz. Bu yo’lda tunu kun xizmat qilayotgan vatanimizning sodiq farzandlari, ichki ishlar, milliy gvardiya xodimlari hamda askar va zobitlarimizdan hamisha minnatdor bo’lib yashashamiz kerak. Zero, tinchlik va osoishtalik inson uchun eng ulug' ne'mat.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati