Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

«Byuroga yuklatilgan vazifalar amalda bajarildi». MIB o'zining qator vakolatlari boshqa tashkilotlarga o'tkazilayotganiga munosabat bildirdi

×

 2020-06-20 20:11:45    133

PDF yuklash
Chop etish


«Byuroga yuklatilgan vazifalar amalda bajarildi». MIB o'zining qator vakolatlari boshqa tashkilotlarga o'tkazilayotganiga munosabat bildirdi

         Mana joriy yilning 18 iyunь kuni Davlatimiz rahbarining “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha            chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-6010-sonli Farmoni qabul qilindi.

         Mazkur Farmon bilan Majburiy ijro byurosi faoliyatidagi gaz va elektr uchun to'lovlarni qabul qilish vazifa va funktsiyalari Energetika vazirligi zimmasiga o'tishi, ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan ko'rsatilgan qattiq maishiy chiqindilarni to'plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to'lovlarni undirish mexanizmini amal oshirilishi nazarda tutilmoqda.

         Bu borada jamoatchilik, ommaviy axborot vositlari va fuqarolarimiz juda turli fikr va munozaralarga sabab bo'ldi.

         Aslida, biz 3 yil oldingi tarixga nazarga solamiz.

         Esingizda bo'lsa, bundan 3-4 yil avval ham kommunal xizmatlarning har bir turi uchun alohida-alohida idoralarga pul to'lardik. Ayniqsa, dam olish kunlari goh elektr, goh gaz idorasidan yo bo'lmasam suvga, chiqindiga  pul so'rab birin-ketin eshik taqillatib kelishlar ham hali ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak.

         Bundan 3 yil avval O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosining tashkil etilishi bilan ana shu to'lovlarning hammasi bitta joyga jamlandi.

         2017 yil 29 maydagi Prezident Farmoniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida energiya resurslari uchun to'lovlarning o'z vaqtida va to'liq undirilishiga, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-toroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish, shuningdek, sud hujjatlari ijrosini ta'minlashga mas'ul bo'lgan Majburiy ijro byurosi tashkil etildi.

         Majburiy ijro byurosi qisqa vaqt ichida tashkil etilgan kunidanoq, jamoatchilikning e'tiborida bo'ldi. Amalda elektr energiyasi, tabiiy gaz (keyinchalik 2018 yildan boshlab esa, suv ta'minoti) uchun to'lovarni qabul qilish, bu sohaldagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, suiiste'molchilik va hisob-kitob ishlarini tartibga solish, shu bilan birga muqaddam tugatilgan Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti bajargan sud va boshqa organ qarorlarini ijrosini ta'minlashni yangi  idora o'z zimmasiga olgan edi.

         Majburiy ijro byurosi huquqni muhofaza qiluvchi, Bosh prokuratura huzuridagi maxsus vakolatli organ bo'lib, surishtiruv va tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshirish vakolatiga ham ega hisoblanadi.

         Byuroda huquqbuzarliklarni fosh etish, oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan tezkor bo'limlar ham faoliyat ko'rsatadi.

         Bu esa, bu sohada huquqbuzarliklarning keskin kamaytirib, huquqbuzarliklarga murosasiz munosabatda bo'lishni taqozo etardi.

         Bu jarayonda yillar davomida kayfiyatga qarab to'laydigan ayrim fuqarolarimizga to'g'risini aytish ko'p ham  xush kelmadi.

         Xo'sh, Majburiy ijro byurosi o'z vazifasini  qanday uddaladi ?

         Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim o'rin tutuvchi kommunal soha muammolariga yechim topish borasida ijobiy natijalarga erishildimi ?

         Energiya resurslari va suv ta'minoti sohasida to'lov intizomini yanada mustahkamlashda prokuratura tizimida to'plangan tajriba va ijro intizomidan unumli foydalanildi.

         Belgilangan vazifalar – energiya resurslari uchun to'lovlarning o'z vaqtida va to'liq undirish, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-toroj qilish holatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish va oldini olish, shuningdek, sud hujjatlarining ijrosini so'zsiz ta'minlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga tatbiq etildi.

         Shu bois, keyinchalik Byuro organlariga qattiq maishiy chiqindilar uchun majburiy to'lovlarni o'z vaqtida va to'liq undirish ham qo'shimcha vazifa sifatida yuklandi.

         Qisqa vaqt ichida sud va boshqa organlar qarorlari ijrosini ta'minlash, energiya resurslari bo'yicha qarzdorlikni kamaytirish borasida ijobiy ko'rsatkichlarga erishildi.

         Iqtisodiyotimiz ravnaqi uchun muhim tarmoq bo'lgan energiya resurslari sohasida to'lov intizomi mustahkamlandi, yillar davomida to'planib kelgan  tizimli muammolar va hisob-kitob ishlari o'z yechimini topdi.

         Bir so'z bilan aytganda, Majburiy ijro byurosiga yuklatilgan vazifalar amalda bajarildi va uni endilikda mamlakatimizda yoqilg'i-energetika resurslari bilan barqaror ta'minlash borasida davlat siyosatini amalga oshirib kelayotgan Energetika vazirligi zimmasi o'tkazish vaqti kelgan edi.

         Shu o'rinda qisqa bo'lsada Byuro organlari tomonidan to'lov intizomini mustahkamlash yo'lida qilingan ishlar to'xtalsak.

         Misol uchun: Byuro organlari tashkil etilganidan buyon hozirga qadar energiya resurslari, suv iste'moli va qattiq maishiy chiqindilar sohasida                    94,3 trln. so'm undirildi (shundan elektr energiyasi – 45,8 trln., tabiiy gaz –                 46,1 trln., ichimlik suvi – 1,9 trln., maishiy chiqindi – 0,4 trln.).

         O'tgan davr ichida energiya resurslari va suv ta'minotidan noqonuniy foydalanish hamda talon-toroj qilinishi bilan bog'liq 1,2 trln. so'mlik zarar aniqlanib, 1046 ta jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

         Byuro faoliyatini boshlagan vaqtdan buyon dolzarb masalalardan biri

bu albatta noreal, ya'ni asossiz qarzdorliklar hisoblanishining oldini olish dolzarb masala edi. Bu yo'nalishda Byuro organlari faoliyatini boshlagandan hozirga qadar 1 trln. 344 mlrd. so'mlik noreal qarzdorlik bo'yicha 244 ta jinoyat ishi qo'zg'atildi.

         Foydalanilmagan energiya resurslari uchun iste'molchilarga asossiz qarzdorlik hisoblanishi holatlari bo'yicha Byuro organlari tomonidan                                   1 trln. 342 mlrd. so'm noreal qarzdorlik bo'yicha jami 146 ta jinoyat ishlari qo'zg'atilgan.

         Energiya resurslari sohasida debitor qarzdorlik 2020 yilning 1 iyunь holatiga 14,1 trln. so'mni tashkil qilib, o'tgan oyga nisbatan (14,5 trln.) 385 mlrd. so'mga kamaytirildi.

         Energiya resurslari iste'molchilari to'liq  inventarizatsiya qilindi.

         Yuqorida, biz Byuro organlarida suv ta'minoti  to'lovlarni qabul qilish va sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish vazifasi yuklatilganini ham esga olgan edik.

         Majburiy ijro byurosi organlariga suvdan noqonuniy foydalanish, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlariga o'zboshimchalik bilan ulanish holatlarining oldini olish, suv ta'minoti uchun to'lovlarni undirish vazifasi ham yuklatildi va birgina, 2019 yilda suv iste'moli bo'yicha qarzdorlardan                      1,1 trln. so'm undirildi. Bu byuro tashkil etilmasdan oldingi ko'rsatkichga nisbatan 200 foiz ko'p.

         Yana bir muhim jihat, Davlatimiz rahbarining 13.11.2017 yildagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori bilan joylarda iste'molchilarning elektr energiya iste'molini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan (ASKUE) tizimiga  ulanish jarayonlari boshlandi joriy etildi.

         Hozirda, Byuro ta'minotchi korxonalar bilan hamkorlikda Respublikamizda 3 mln. 300 mingdan ortiq elektr energiyasi iste'molchilariga elektron hisoblagichlar o'rnatilib, shundan, 1 mln. 650 mingtasi avtomatlashtirilgan tizimga ulandi.

         Shu o'rinda, energiya resurslari bo'yicha to'lov intizomini mustahkamlash ham Byuro xodimlariga oson kechmaganini eslab o'tish joiz.

         Birgina, o'tgan 2019 yil davomida Byuro xodimlariga qarshilik ko'rsatish bilan bog'liq 132 ta holatlar aniqlanib, aybdorlarga qonuniy chora ko'rildi.

         Byuro tashkil etilgandan buyon 4 nafar xodimlar o'z vazifasini bajarish vaqtida vafot etgan, 200 dan ortiq xodimlarga turli darajada tan jarohati yetkazilgan.

         Joriy yilda ham Byuro xodimlariga qarshilik ko'rsatish bilan  14 holat aniqlandi.

         Byuro faoliyatida asosiy muammolardan biri energiya resurslari va suv ta'minoti sohasida undiruvlarni amalga oshirishda, avvalo to'lov intizomiga amal qilmasdan kelayotgan aholi vakillari o'rtasida targ'ibot va tushuntirish ishlariga  qaratildi.

         Ma'lumot o'rnida aytadigan bo'lsak, 2018 yili (8986 MFY hisobidan) to'lov intizomiga amal qilmasdan kelayotgan iste'molchilar yashaydigan mahallalar soni 3723 tani  tashkil qilar, qariyb bir yil mobaynida bu mahallalar sonini qisqartirilshga erishildi, bunda asosiy qurol profilaktika va targ'ibot yo'nalishidagi tushuntirish ishlari bo'lmoqda.

         2019 yilda Respublika bo'yicha (9 019 ta) 1 924 ta intizomsiz mahallalar ro'yxati shakllantirildi va Byuro tomonidan sektor rahbarlari hamda jamoatchilik bilan hamkorlikda televideniye vakillarini jalb qilgan holda profilaktik tadbirlar o'tkazishga asosiy e'tibor qaratildi.

         2020 yil boshidagi tahlillarga ko'ra, intizomsiz mahallalar soni yanada kamayib, 1 408 tani tashkil etmoqda.

         Bugun butun insoniyatga xavf solib turgan koronavirus (COVID-19) infektsiyasi, ming afsuski, yurtimizni ham chetlab o'tmadi. Shu bois, Majburiy ijro byurosi faoliyatida fuqarolar va xodimlarning muloqot xavfsizligi choralarini ko'rish, virusdan saqlanish bo'yicha qat'iy profilaktika chora-tadbirlar belgilandi.

         Iste'molchilarga uyidan turib foydalanilgan kommunal xizmatlar va qattiq maishiy chiqindilar uchun to'lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi “Telegram” tarmog'ida “@mibuzbot” bot-kanali ishga tushirildi.

         Ushbu bot-kanal orqali iste'molchilar hisoblagich fotosuratini yuboradi va “MIB inspektori” android elektron tizimiga kelib tushgan ko'rsatgich abonent hisobiga kiritib boriladi.

         To'lovni amalga oshirishda iste'molchining plastik kartochka raqami, muddati, unga bog'langan telefon raqami va to'lov summasi kiritilgandan so'ng, “SMS” orqali kelgan himoya kodini tasdiqlash kifoya bo'ladi.

         Biroq yuqorida ta'kidlanganimdek, Byuroga yuklatilgan vazifalar zalvori ishni asta yo'lga qo'yishga fursat qoldirmadi. Aksincha, darhol oyoqqa turishi shart qilindi.

         Boisi, kommunal soha og'riqli sohalarimizdan biriga aylanib qolgan, tushunarliroq qilib aytganda tizim “reanimatsiya”ga tushib qolgan edi. Shundan kelib chiqadigan bo'lsak, MIBga tizimni tezroq davolab, oyoqqa turg'azish talabi qo'yilgan edi. Shu bilan birga, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosi ham aytarli darajada emas, haminqadar edi.

         Muhimi - yurtdoshlarimizda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, to'lov intizomiga rioya qilish madaniyati shakllana boshladi.

         Endilikda, ushbu vazifalar Energetika vazirligi tomonidan tizimli ravishda olib boriladi deb hisoblaymiz. Chunki keyingi yillarda ushbu vazirlikda bir qator ijobiy o'zgarishlar bo'ldi. 

         Energetika sohasini isloh qilish maqsadida «O'zbekenergo» AJda tubdan qayta qurish amalga oshirildi. “O'zbekenergo” AJ negizida uchta: “Issiqlik elektr stantsiyalari”, “O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari” va “Hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. Ushbu qayta tashkil etishdan maqsad elektr energiyasini ishlab chiqarish, tashish, taqsimlash va sotishni tashkil etishning zamonaviy usullariga o'tildi.

         Shu o'rinda aholimiz yaxshi bilishi lozimki, Majburiy ijro byurosi zimmasidagi elektr, gaz va maishiy chiqindilar uchun to'lovlarni o'z vaqtida hamda undirib olish bo'yicha vazifalar – Energetika vazirligiga joriy yilning 01 avgust kunidan e'tiboran o'tkaziladi.

         Bungacha bo'lgan davrda Majburiy ijro byurosi bu yo'nalishda o'z ishini davom ettiradi.

         Majburiy ijro byurosi organlari yurtdoshlarimizdan to'lov madaniyatiga amal qilgani holda, jamiyatimiz farovonligiga o'z hissasini qo'shishi mumkinligini yodda tutmog'i lozim.

                  O'zbekiston Respublikasi

                   Bosh prokuraturasi huzuridagi

                   Majburiy ijro byurosi

                   Axborot xizmati