Malakali shifokorlar faoliyatidan xalq minnatdor
2020-06-20 20:01:53 165
Malakali shifokorlar faoliyatidan xalq minnatdor
Bugun tumanimizga tashrif buyurgan 19 nafar malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan 5 ta qishloq vrachlik punkti, 2 ta qishloq oilaviy poliklinikasi, 3 ta shifokorlar uyi va 1 ta ko’p tarmoqli markaziy poliklinikalarda fuqarolarning qabullari o’tkazildi. Mutaxassislar tomonidan 803 nafar fuqarolar tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, ularga malakali tibbiy yordam ko’rsatildi.
Shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, bemorlarni zamonaviy tibbiy tekshiruvdan o’tkazish maqsadida olib keldingan 7 ta tibbiy zamonaviy asbob-uskunalar tuman markaziy shifoxonasiga o’rnatildi. Endilikda tuman markaziy shifoxonasining moddiy-texnik bazasi 2 ta zamonaviy rentgen apparati, 1 ta UTT (UZI) apparati, 2 ta elektrokardiogramma apparati, 1 ta sun'iy nafas berish apparati, 1 ta narkoz apparati bilan boyitildi.
Tadbir boshidan 88 turdagi, 90 million 870 ming so’mlik dori-darmonlar tuman tibbiyot birlashmasining tez-tibbiy yordam bo’limiga olib kelindi;
- Bir kunda 779 ming 340 so’mlik 5 turdagi, tadbir boshidan 10 million 684 ming so’mlik 42 turdagi dori-darmonlar markaziy shifoxonaning bo’limlariga taqsimlandi.
Tibbiy ko’riklar davomida 175 nafar og'ir bemorlarni xonadonlariga borilib, tibbiy ko’rikdan o’tkazildi;
- 107 nafar bemorlarda birlamchi kasalliklar aniqlandi;
- 24 nafar fuqarolrga ambulator-poliklinika sharoitida davolanish uchun yo’llanma berildi;
- 779 nafar og'ir kasalliklar (Sarikanda mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi 2017 yilda tug'ilgan Rahimjonova Dilso’z, tashxisi – ko’yish 70 foiz, Chumoqcha mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi 1994 yildda tug'ilgan Sultonova Shahzoda, tashxisi – gematologik kasallik) bilan kasallangan bemorlar Farg'ona viloyati markazidagi 2-sonli shahar shifoxonasiga yuborildi;
- Tadbir boshidan 14 nafar bemorlarni Farg'ona viloyati markazidagi davolash muassasalariga yuborilishi belgilab olindi;
- Tadbir boshidan 28 nafar bemorlarga tibbiy reabilitatsiya vositalari beg'araz ravishda berildi. Shundan: 12 ta nogironlik aravachasi, 12 ta hassa va qo’ltiqtayoq, 5 ta eshituv moslamasi. 1 nafar bemorda kesar kesish jarrohlik amaliyoti o’tkazildi.
Toshkent va Andijon tibbiyot akademiyalaridan kelgan professor va tor doiradagi mutaxassislar tomonidan viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'ining birinchi o’rinbosari A. Abdurazzoqov boshchiligidagi ishchi guruh tarkibida tumandagi nogiron va tibbiy ijtimoiy himoyaga mo’htoj 16 nafar fuqarolarning ruhiy holatlarini sog'lomlashtirish maqsadida tibbiy ko’rik o’tkazilib, konsultativ maslahatlar berildi.
Qayd qilish joyiz, aholi salomatligini mustahkamlash yo’lidagi olib borilgan ishlar va berilgan beg'araz tibbiy yordamdan aholi g'oyatda minnatdor. Zotan, inson manfaatini ko’zlab amalga oshirilayotgan ishlar Respublika hukumati va bevosita Prezidentimiz tomonidan Sux tumani ahliga berilayotgan e'tiborning haqiqiy isbotidir.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati